» » Rossiyada haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar 2021-yildan boshlab sinovdan o‘tkaziladi

Rossiyada haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar 2021-yildan boshlab sinovdan o‘tkaziladi


Rossiya jamoat yo‘llarida 2021-yildan boshlab haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni testdan o‘tkazish boshlanadi, deb xabar qiladi IXBT.

To‘liq avtonom avtomobillar sinovini 2020-yilning kuzida boshlash rejalashtirilgan edi, biroq loyihani qoldirishga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda mamlakat Transport, Sanoat va savdo, IIV hamda Iqtisodiy rivojlanish vazirliklari tomonidan tayyorlangan hujjat rejasida so‘z boradi.

Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat loyihasi yaqin kunlar ichida ko‘rib chiqish uchun hukumatga kiritiladi.

Sinovlarning to‘xtab qolishida hukumatning aybi yo‘q. Ixtirochilar haydovchilarni sug‘urta qilmasdan jamoat yo‘llarida haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni testdan o‘tkazishga tayyor bo‘lmagan. Bunda “Yandeks” yagona istisnoga aylangan. Shuningdek, loyihada “KamAZ”, “Sberbank” va “GAZ” ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

“Salonda muhandis bo‘lmasdan turib haydovchisiz boshqariladigan avtomobilni sinovdan o‘tkazish — uni joriy etishdagi muhim bosqich. Loyiha taqdiri ushbu sinovlarga bog‘liq”, — deydi “Avtonet” ishchi guruhi vakili Yaroslav Fedoseyev.

Ayni vaqtda Rossiya ko‘chalarida haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar muhandis-haydovchilar orqali sinovdan o‘tkazilmoqda. “Yandeks” ham yaqinda Michiganda o‘zining shu turdagi mashinalarini sinovdan o‘tkazishni boshlagan. Chunki Amerikaning ushbu shtatida haydovchisiz avtomobillarni testdan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Mavzuga doir: Rossiyada haydovchisiz boshqariladigan kombayn qanday ishlashi ko‘rsatildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют