» » AQShda samolyot havoga ko‘tarilishi arafasida hojatxonaga kirgisi kelib qolgan yo‘lovchi reysdan qoldirildi

AQShda samolyot havoga ko‘tarilishi arafasida hojatxonaga kirgisi kelib qolgan yo‘lovchi reysdan qoldirildi


Samolyot havoga ko‘tarilishidan oldin hojatxonaga borish zarurati Delta Airlines kompaniyasi yo‘lovchisining reysdan qoldirilishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Hodisa 18-aprelda Atlanta shahri aeroportida yuz bergan. Samolyot uchish yo‘lagida turgan va yo‘lovchilar xavfsizlik kamarlarini taqqan holda o‘z o‘rnida o‘tirishi kerak bo‘lgan vaqtda yo‘lovchilardan biri — Kim Gamiltonning hojatxonaga borish zarurati tug‘ilib qolgan. U reysga kechikayotgani sababli bu ishni aeroportda amalga oshira olmagan.

Yo‘lovchining so‘zlariga ko‘ra, uning o‘z joyini tark etishga ehtiyoj tug‘ilgan paytda samolyot uchishga navbat kutayotgan edi. Gamilton o‘rnidan turib, samolyotning dum qismi tomonga yurgan. Undan o‘z o‘rniga qaytish talab qilingan va aks holda samolyot navbatdagi o‘z o‘rnini yo‘qotishi aytilgan. Biroq erkak qisqa vaqtga hojatxonaga kirib chiqqan. Ekipaj esa shu vaqtda yo‘lovchini reysdan tushirish uchun havo kemasi terminalga qaytayotganini e’lon qilgan.

Gamiltonning yaqinida o‘tirgan oilaviy juftlikning aytishicha, dastlab parvozni kutish bir necha daqiqa davom etishi e’lon qilingan, biroq samolyot yarim soat davomida harakatlanmagan. Boshqa yo‘lovchilar ham Gamiltonning harakatlarini oqlashga harakat qilgan, biroq shunday bo‘lsa ham, u samolyotni tark etishga majbur qilingan.

Aviakompaniya holat yuzasidan kechirim so‘ramagan va yo‘lovchi barcha yo‘lovchilar uchun berilgan ko‘rsatmani bajarmagani aytilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют