» » Koronavirusdan vafot etgan fuqarolar haqida ma’lumot olish mumkinmi? Mutaxassis javobi

Koronavirusdan vafot etgan fuqarolar haqida ma’lumot olish mumkinmi? Mutaxassis javobi


Koronavirusga chalinib vafot etgan bemorlar haqida to‘liq ma’lumotni bemorlarni davolash bilan shug‘ullangan muassasalarga murojaat qilib, so‘rov maqsadi asoslab berilgan taqdirda olish mumkin.

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qilgan.

Jumladan, mutaxassis “Nima uchun vafot etgan fuqarolar to‘g‘risidagi ro‘yxatlar elektron tizimga qo‘yilmaydi? Ommaviy axborot vositalarida vafot etgan fuqaroning faqat bosh harfi va yoshi yoziladi. Bu haqidagi ma’lumotni qayerdan olsak bo‘ladi?”, degan savolga quyidagicha javob bergan:

“Bugungi kungacha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirusga chalinish holatlari, davolanayotganlar, tuzalganlar soni, karantinga olinganlar soni va kasallik oqibatida ro‘y bergan o‘lim holatlarini umumiy hamda viloyatlar kesimida yashirilmay, aniq ma’lumotlar asosida berib borilmoqda. Yuqorida so‘ralgan ma’lumotlarni esa aynan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni davolash bilan shug‘ullanadigan muassasalarga murojaat qilib, ushbu ma’lumotning nima maqsadda so‘ralayotganligini asoslab bersangiz shunga qarab munosabat bildiriladi”.

Abdusamatova kasallikka chalinganlarning shaxsi bilan bog‘liq ma’lumotlarning barchasi tibbiyot siri hisoblanishi, ularni olish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilot vakillari koronavirus bemorlarini davolayotgan muassasalar yoki Sog‘liqni saqlash vazirligiga rasman murojaat qilishi mumkinligini ham aytgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 260 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 269 nafarni tashkil etmoqda. 

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют