» » Koronavirusga chalingan ahvoli og‘ir yoki o‘ta og‘ir homiladorlar muddatiga qaramay tug‘dirilishi kerak — Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova

Koronavirusga chalingan ahvoli og‘ir yoki o‘ta og‘ir homiladorlar muddatiga qaramay tug‘dirilishi kerak — Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova


Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKA zalida tashkil etilgan brifingda koronavirusga chalingan homilador ayollar masalasidagi ayrim savollarga to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, “Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan homilador ayolda tug‘ruq muddati yetmagan bo‘lsa, homiladorlik davom ettiriladimi yoki to‘xtatiladimi?”, degan savolga mutaxassis quyidagicha javob bergan:

“Agar koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgan homilador ayolning ahvoli og‘ir yoki o‘ta og‘ir deb baholanadigan bo‘lsa, diagnostik mezonlarga muvofiq, hayotiy ko‘rsatmalarga ko‘ra, homiladorlik muddatiga qaramay tug‘dirishni amalga oshirish kerak”.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda tug‘ruqxonaga kelayotgan homilador ayollardan test topshirib kelish talab qilinayotganiga aniqlik kiritildi

Shoshilinch tug‘ruq va homiladorlikni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish murakkab bo‘lib, gestatsion yosh, ona ahvolining og‘irligi, homilaning yashab ketishi va sog‘lomligi kabi juda ko‘p omillarga asoslangani, hozirgi kunda homilador ayollarda homila uchun jiddiy asoratlar xavfi yuqoriligi to‘g‘risida hech qanday dalillar mavjud emasligiga alohida urg‘u berilgan.

Shu bilan birga, Abdusamatova koronavirus bilan xastalangan homilador ayollarni kasalxonadan chiqarishda qanday ko‘rsatkichlarga qaralishini ham aytib o‘tgan. Ma’lum bo‘lishicha, homilador ayollarda klinik belgilarning turg‘un yaxshilanishi, uch kun davomida tana harorati normada bo‘lishi, laborator ko‘rsatkichlar normallashishi, nafas yetishmovchiligi belgilari yo‘qligi, kamida 24 soat oraliq bilan ketma-ket ikki marta PZR usulida COVID-19 test natijalari manfiy bo‘lishi bemorning kasalxonadan chiqarilishiga asos bo‘ladi.

Shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra rentgenografiya yoki kompyuter tomografiya tekshiruvi buyuriladi, agar tavsiya etilmasa, tushishning hojati yo‘qligi bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, professor Habibullo Oqilov emizikli onalar koronavirusga chalingan bo‘lsa, farzandini qanday emizishi borasida aniqlik kiritib o‘tgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda koronavirusga chalingan homilador ayollar uchun qanday sharoitlar yaratilgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют