» » Qashqadaryoda 31 yildan buyon ichimlik suvi ta’minotida muammo mavjud bo‘lgan mahallalarga suv keldi

Qashqadaryoda 31 yildan buyon ichimlik suvi ta’minotida muammo mavjud bo‘lgan mahallalarga suv keldi


Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi birinchi sektorga qarashli “Nishon” va “Gulzor” mahallalarida oqova suv ta’minoti yana yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bergan Qashqadaryo viloyati hokimligining axborot xizmati.

“Mahalliy aholi “Eski Nishon” deb ataydigan ushbu hududlar 31 yil avval oqova suv ta’minoti to‘xtagan. Oqibatda odamlar o‘z tomorqasini sug‘orish uchun “kachalka” nasoslardan foydalanishga majbur bo‘lgan.

Murojaatlarni o‘rgangan tuman mutasaddilari muammoning yechimini topishga kirishib, hududga R-2 kanalidan quvur tortilgan”, – deyiladi xabarda.

“Nishon” MFY raisi Muzaffar Turopovning aytishicha, transformator, quvurlar tuman hokimligi tomonidan ajratilgan bo‘lsa, qurilish-montaj ishlari hashar yo‘li bilan amalga oshirilgan.

Hokimlik axborotida qayd etilishicha, tumandagi “Nishon” MFYda 747 ta, “Gulzor” MFYda 821 ta xonadon bor.

Avvalroq Buxoroda suv ta’minotini yaxshilashga 4 yil ichida 437,6 million AQSh dollari sarf qilinishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют