» » Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga parlament so‘rovi yuboriladi

Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga parlament so‘rovi yuboriladi


Bosh vazir birinchi o‘rinbosariga “O‘zbekiston Respublikasi hududida suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

21-avgust kuni Qonunchilik palatasida qishloq xo‘jaligi sohasi, shuningdek, boshqa suv iste’molchilarining ehtiyojlarini ta’minlashda suv obyektlari, xususan, daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, kollektorlar hamda boshqa suv obyektlari zaxiralaridan tejamli foydalanishga doir masalalar ko‘rib chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, xalq vakillari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar mazkur sohada muayyan ishlar olib borilayotganiga qaramay, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash, mazkur hududlarda nazoratni tashkil qilish borasidagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyatidagi 3 ta daryo — To‘palang, Sangardak va Sherobod daryolari va Uchqizil suv omborining, Jizzax viloyatidagi Zominsuv, Nuraksoy va Xo‘jamushkentsoy soylarining, Buxoro viloyatidagi 9 ta ko‘lning, Namangan viloyatidagi 14 ta kichik daryo va boshqa suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari to‘liq belgilanmagan. Bunday holatni boshqa hududlardagi suv obyektlari misolida ham ko‘rish mumkin.

Deputatlarning qayd etishicha, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari (aniq chegaralar) belgilanmagani ularni samarali nazorat qilish imkoniyatini cheklamoqda. Shu bilan birga, ularga tutash yer maydonlarining o‘zboshimchalik bilan egallanishiga, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan suvni muhofaza qilish zonalari hududidagi yer maydonlarini boshqa maqsadlar uchun ajratish to‘g‘risida noqonuniy qarorlar qabul qilinishiga va nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Birgina 2020-yilning olti oyi davomida tegishli organlar tomonidan suvni muhofaza qilish, qirg‘oqbo‘yi hududlarida o‘tkazilgan reydlar va monitoring natijalariga ko‘ra, bu borada respublika bo‘yicha jami 950 ta qonunbuzarlik holati sodir etilgani aniqlangan.

Daryo o‘zanlarini tozalash, qum-shag‘al qazib olish va ularni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi 504 ta korxona faoliyati o‘rganilganda, ularning 170 tasida oqovani suv havzasiga ruxsatsiz oqizish, suvni muhofaza qilish zonalarida noqonuniy qum-shag‘al qazib olish, chiqindilar joylashtirish bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, majlisda O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga “O‘zbekiston Respublikasi hududida suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul o‘rtalarida “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilingan edi.

Mavzuga doir: “Shu chegaradosh hududni Ramatov bilardi-ku! Nega borib yotib kelmagan?”. Prezident so‘xliklar haqida gapirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют