» » “Garri Potter va hikmatlar toshi” jahon prokatida milliard dollar to‘pladi

“Garri Potter va hikmatlar toshi” jahon prokatida milliard dollar to‘pladi


Garri Potterning sarguzashtlari haqida so‘zlovchi birinchi film — “Hikmatlar toshi” ekran yuziga chiqqanidan 20 yil o‘tgach, u rasman milliarderga aylandi, deb xabar beradi “Film.ru”.

Bu kabi natijaga erishishga Xitoydagi 3D va IMAX versiyalari relizi yordam bergan — yangi relizlar yo‘qligi sabab filmni qaytadan taqdim etishga qaror qilingan. O‘tgan hafta lenta mamlakatdagi 16 ming ekrandan 13,6 million dollar ishlab topgan.

Bu franshizaning final qismi — “O‘lim tuhfalari”dan keyin milliard dollar to‘plagan ikkinchi qism hisoblanadi. 2011-yilda “O‘lim tuhfalari” jahon kasallarida 1,34 milliard dollar yig‘gan. Garri Potter haqidagi filmlarning barchasi esa hozirga qadar 7,7 milliard dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Daniel Redkliff, Emma Uotson va Rupert Grint ishtirokidagi “Garri Potter va hikmatlar toshi” filmi 2001-yilda ekran yuzini ko‘rgan. Filmni Joan Roulingning asari asosida Kris Kolambus suratga olgan.

Avvalroq Yaponiyada “Garri Potter”ning sehrli olamiga bag‘ishlangan bog‘ barpo etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют