» » Toshkentda mast holatda mashina boshqargan 18 yoshli yigit do‘stining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Toshkentda mast holatda mashina boshqargan 18 yoshli yigit do‘stining o‘limiga sababchi bo‘ldi


Toshkentda mast holatda mashina haydagan 18 yoshli yigit yo‘l-transport hodisasini sodir etib, do‘stining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20-avgust kuni soat 23:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasida 18 yoshli Lacetti haydovchisi mast holda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratuvchi bo‘lagidagi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan temir simyog‘ochga urilgan.

Avariya oqibatida avtomobil ichida bo‘lgan 19 yoshli yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Avtomobil haydovchisi hamda yana bir 19 yoshli yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2020-yilning o‘tgan yetti oyi davomida jami 3012 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Ushbu YTHlardan o‘lim bilan yakunlangan holatlar soni 808 tani tashkil etgan, shuningdek, 2204 ta YTHda esa tan jarohati olingan qayd etilgan. Avariyalarning 2,3 foizi avtomobilni mast holatda boshqarish sabablariga ko‘ra yuz bergan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют