» » Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi: “Koronavirus har doim ham o‘pkaga zarar yetkazmaydi”

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi: “Koronavirus har doim ham o‘pkaga zarar yetkazmaydi”


Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganda o‘pka doim shikastlanadimi? Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKA zalida tashkil etilgan brifingda ushbu savolga izoh berib o‘tdi.

Mutaxassis koronavirus infeksiyasi turli shakllarda o‘tishi va doim ham o‘pkaga zarar yetkazmasligi, kasallik ko‘p hollarda umuman simptomlarsiz kechishi, ya’ni test natijasi musbat bo‘lsa-da, kishi hech qanday alomatlarni sezmasligi va bunday virus tashuvchisi tekshirilganda organizmda hech qanday o‘zgarish aniqlanmasligini bildirgan.

Simptomlar mavjudligida kasallikning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi:

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov koronavirus asoratlari haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, infeksiyaning og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlarda tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi o‘zgarishlar natijasida ba’zi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining 20-30 foizga kamayishi, alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimaning yuzaga kelishi tufayli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkinligi, bu esa hansirash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib kelishini aytgan. Bundan tashqari yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab tizimida ham patologik o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют