» » YHXBB YPX xodimi xizmat avtomashinasida turli manyovrlarni bajarayotgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi

YHXBB YPX xodimi xizmat avtomashinasida turli manyovrlarni bajarayotgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqda “GAI akamizdan avto-tryukni dodasi” sarlavhasi ostida YPX xodimining xizmat avtomashinasida turli manyovrlarni bajarayotgani tasvirlangan video tarqaldi. YHXBB 21-avgust kuni tarqalgan ushbu videodagi holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Munosabatda bildirilishicha, 15-avgustdan 5-sentabrga qadar Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida “Xalqaro umumarmiya o‘yinlari — 2020” doirasida “Yo‘l-patrul” ko‘rik tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan va ayni vaqtlarda o‘tkazilmoqda.

Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun DYHX xizmatining Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat olib borayotgan 25 nafar xodimlari o‘zlariga biriktirilgan patrul avtomashinalari bilan 19-avgust kuni Farg‘ona viloyatiga yetib borgan.

21-avgust kuni YPX xodimi R.Muhammedov Lasetti rusumli xizmat avtomashinasida uning texnik holati, sozligi va chidamliligini tekshirish maqsadida tanlov

oldi mashg‘ulotlar olib borayotgan vaqtida ushbu holat atrofda tomosha qilayotgan qatnashchilar va fuqarolar tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

“Fuqarolardan ushbu holatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab, xodimlarimizga nufuzli xalqaro tanlovda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz”, — deyiladi munosabatda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют