» » Tramp ochgan noqonuniy immigrantlar harakatlaridan jabr ko‘rganlar uchun qaynoq liniyaga o‘zga sayyoraliklardan shikoyatlar kelib tushmoqda

Tramp ochgan noqonuniy immigrantlar harakatlaridan jabr ko‘rganlar uchun qaynoq liniyaga o‘zga sayyoraliklardan shikoyatlar kelib tushmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 26-aprel kuni noqonuniy immigrantlar harakatlaridan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun markaz ochdi. AQSh fuqarolarining ko‘pchiligi ushbu tashabbusni keskin tanqid ostiga oldi. Ularning fikricha, markaz qonuniy immigrantlarning nafsoniyatiga tegadi, shuningdek, irqchilik va toqatsizlikni keltirib chiqaradi, deb xabar bermoqda Meduza.

Shuningdek, markaz qoshida jabrlanganlarning shikoyatlarini qabul qilish uchun qaynoq liniyalar tashkil etildi. Milliy xavfsizlik vazirligi markaz missiyasini tavsiflashda alien so‘zini qo‘llashi chalkashliklar keltirib chiqarmoqda, negaki bu so‘z faqat “begona” emas, balki “o‘zga sayyoralik” degan ma’noni ham anglatadi.

Shu bois prezidentning migratsion siyosatidan norozi fuqarolar qaynoq liniyaga qo‘ng‘iroq qilib, kinoya tarzida o‘zga sayyoraliklar, Supermen va hatto magllar ustidan shikoyat qilmoqda.

Ayrimlar operatorlarga NUJ tarafidan o‘g‘irlab ketilganini, yana ba’zilar boshqacha fantastik hikoyalarni aytib bermoqda. Bu ishni amalga oshirgan guvohlardan birining so‘zlariga qaraganda, operator uning so‘zlari hazil ekanligini tushunmay, tekshiruv o‘tkazishga va’da ham bergan.

AQSh migratsion xizmati xodimlarining ta’kidlashicha, qaynoq liniyalar o‘zga sayyoraliklar haqidagi qo‘ng‘iroqlar bilan bandligi bois chinakam jabrlanuvchilar bilan bog‘lanishning imkoniyati bo‘lmayapti.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 06:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют