» » O‘zbekistondagi mahalliy kengashlar o‘z devoniga ega bo‘ladi

O‘zbekistondagi mahalliy kengashlar o‘z devoniga ega bo‘ladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21-avgust, juma kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida “Xalq deputatlari kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha bilan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish vazifasini endilikda xalq deputatlari kengashi kotibiyati zimmasiga yuklash nazarda tutilmoqda. Kotibiyat yuridik shaxs hisoblanib, uning faoliyati tegishli mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.

Deputatlarning qayd etishicha, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatiga bevosita ko‘maklashuvchi tuzilmani tashkil qilish orqali hokimliklarning apparati zimmasidan o‘ziga xos bo‘lmagan vazifalar soqit qilinadi.

“So‘nggi yillarda mahalliy kengashlarning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilib, hokim, uning o‘rinbosarlari, prokuratura, adliya, ichki ishlar va sog‘liqni saqlash idoralari rahbarlarining tegishli kengashlar oldida hisobdorligi qonunlarda belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, bu ishlar amalga oshirilishini tashkil etish, kengashlar faoliyati uyg‘un kechishi uchun shart-sharoitlar yaratish kutilgan darajada emasdi. Bunga esa xalq deputatlari kengashlarining tashkiliy faoliyatiga ko‘maklashuvchi bo‘linmaning mavjud emasligi, mazkur vazifa hokimliklarning apparati (Tashkiliy-nazorat guruhlari) ixtiyoriga tashlab qo‘yilgandi”, — deyiladi xabarda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan va Senatga yuboriladigan bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют