» » O‘zbekistonda 7 oyda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 116,5 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda 7 oyda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 116,5 trln so‘mga yetdi


Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 116, 5 trillion so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 11,1 trillion so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 0,7 foizni tashkil etdi.

Yanvar oyiga nisbatan iyul oyida (diskret oy) ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 0,4 trillion so‘mga kamaydi va atigi 15,9 trillion so‘mga yetdi.

2020-yil 6 diskret (iyun) oyining hajmiga nisbatan taqqoslaganda, 2020- yil 7 diskret (iyul) oyining hajmi 4,4 trillion so‘mga kamaygan.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining o‘sishidagi asosiy omil moliyaviy xizmatlar 33,9 foizga (ko‘rsatilgan xizmatlar jami hajmining mutlaq o‘sishiga ta’siri 1,8 foiz punkt), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 15,1 foizga (mutlaq o‘sishiga ta’siri 0,2 foiz punkt), ta’lim sohasidagi xizmatlarning 11,6 foizga ko‘tarilishidir (mutlaq o‘sishiga ta’siri 0,1 foiz punkt).

2020-yilning yanvar—iyul oylarida jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirma narxlardagi o‘sish sur’ati 0,7 foizni tashkil etdi.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining nisbatan pastligiga asosiy omil bo‘lib, transport xizmatlarining 10,5 foizga (ularning salbiy ta’siri 0,6 punktga), savdo xizmatlari 2,7 foizga (-0,2 punktga), shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari 19,5 foizga, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 16,4 foizga, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 10,6 foizga, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarning 9,2 foizga pasayishi 0,1 punktga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yanvar—iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 100, 6 trillion so‘mga yetgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют