» » Andrey Kanchelskis: Galaba uchun nima yetmadi? Gollar yetishmadi

Andrey Kanchelskis: Galaba uchun nima yetmadi? Gollar yetishmadi


Navbahor bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida Mashalga qarshi kechgan oyindan (0:1) song oz fikrlari bilan ortoqlashdi.

Birinchi navbatda Mashalni galaba bilan tabriklayman. Barakalla, yigitlar! Ikki xilbolim boldi. Birinchi bolimda juda yomon oynadik. Ikkinchi bolimda vaziyatlarga ega boldik, hisobni tenglashtirishimiz kerak edi. Qayerdadir omad kelmadi, bu futbol.

Tashkilotchilarga rahmat aytaman. Oldingi tur bilan solishtirganda yaxshiroq maydon va qulay vaqtga belgilab bergani uchun rahmat.

Maydonga tushgan futbolchilarga rahmat. Ularga ikkinchi bolim uchun etirozim yoq. Birinchi bolimni esa tahlil qilamiz. Hayot davom etadi, keyingi turdagi OKMK bilan oyinga tayyorgarlik koramiz.

Galaba uchun nima yetishmadi? Gollar yetishmadi. Tarkibimizda yoqotishlar bor. Bir qancha futbolchilarda kasallik alomatlari bor. Ammo tarkibimizda boshqa futbolchilar ham bor, ular maydonga tushib oynashi kerak. Koronavirus bizni ham chetlab otgani yoq. Tahlil qilamiz, gaplashamiz. Biz maglub boldik, raqib esa yutdi, Mashalni tabriklayman.

Nomon Hasanov Navbahorda mening yordamchim boladi. Mashgulotlar jarayonida ham, boshqa ishlarda ham. Ayni paytda mening yordamchim karantin tufayli Moskvadan kela olmayapti shu bois Hasanov menga yordam beradi.

Andrey Kanchelskis, Navbahor bosh murabbiyi

Navbahor 11-turdan keyin 18 ochko bilan 6-orinda bormoqda. Jamoa keyingi turda OKMK bilan oynaydi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (23-08-2020, 10:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
:
-
:
20 ... -