» » Dunyodagi eng tezkor Mercedes-Benz’lardan biri sotuvga qo‘yildi (foto)

Dunyodagi eng tezkor Mercedes-Benz’lardan biri sotuvga qo‘yildi (foto)


Britaniyadagi Hexagon Classics dilerlik kompaniyasi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan dunyodagi eng tezkor sedanni sotuvga qo‘ydi. Gap 10 nusxada yaratilgan Brabus E V12 haqida ketmoqda. Hozircha ushbu avtomobil 149 500 funtga baholangan, deb xabar beradi Motor.

Mutaxassislar to‘rtinchi avlod Mercedes-Benz sedanini dunyodagi eng tezkor va kuchli avtomobildan biriga aylantirgan. To‘rt eshikli mashina kapoti ostidan 800 ot kuchi va 1420 Nm aylanuvchi momentga ega 6,3 litrli V12 turbokompressori o‘rin olgan. Tortish kuchi orqa o‘qqa kuchaytirilgan besh pog‘onali avtomatik transmissiya orqali uzatiladi.

W211 sedani bazasida yaratilgan Brabus E V12 prototiplaridan biri Nardo halqasida rekord darajadagi tezlikka — soatiga 365,7 kilometrga erishgan. Tovar versiyasi uchun model pasportiga maksimal tezlik 370 km/soat ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, E V12 soatiga 100 kilometr tezlikka 3,7 soniyada, 200 kilometr tezlikka esa 9,9 soniyada erishadi. Noldan 300 kilometr tezlikkacha bo‘lgan mashqni sedan 23,9 soniyada bajargan.

E-Class’ga ugleplastikdan ishlangan aerodinamik to‘sgichlar, 19 dyuymli Monoblock Q g‘ildirak diskalari o‘rnatilgan.

Brabus E V12 modelidan 10 nusxa yaratilgan bo‘lib, ularning har biri salkam yarim million yevro turadi. Sotuvga qo‘yilgan model esa hozirga qadar 6599 kilometr yo‘l bosgani sabab uch barobar arzonga baholanmoqda — 149 500 funt.

Mavzuga doir: AQShda juda noyob uch eshikli Mercedes-Benz G500 sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют