» » Dilyaver Vaniyev: “Navbahor”ni yerga urmayman, ammo “Mash’al” tarkibidagi futbolchilar kuchliroq

Dilyaver Vaniyev: “Navbahor”ni yerga urmayman, ammo “Mash’al” tarkibidagi futbolchilar kuchliroq


“Mash’al” jamoasi katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev Coca-Cola Superliga 11-tur doirasida “Navbahor”ga qarshi kechgan o‘yindagi (1:0) g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bizda ham, ularda ham vaziyatlar bo‘ldi. O‘ylashimcha, biz haqli ravishda g‘alaba qozondik. “Navbahor” tomonidan bosim bo‘ldi, hujumlar bo‘ldi ammo yaqqol vaziyat ko‘zga tashlanmadi. Birinchi bo‘limda ikkita gol urishimiz kerak edi. Bu bahsni unutamiz, to‘rt kundan so‘ng navbatdagi o‘yinimiz bor.

“Navbahor” tarkib bo‘yicha bizdan kuchliroq? Kim shunday deb hisoblaydi? Mutaxassislar? Ular nima deb o‘ylasa o‘ylayversin, men uchun “Mash’al” futbolchilari eng kuchli. “Navbahor”ni yerga urmayman, bu jamoa safida malakali futbolchilar ko‘p, terma jamoa a’zolari ham bor. Ammo o‘z futbolchilarimni kuchliroq deb bilaman.

“Navbahor”ning “Surxon”ga qarshi o‘yinni ko‘rib, o‘rganib chiqdik. Tarkibda ba’zi o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘ng qanotda Hoshimov o‘ynamadi, o‘tgan uchrashuvda ikki hujumchi o‘ynagandi. Taktik va amaliy ko‘rsatmalarimni yigitlar to‘liq bajardi.

Hisobda oldinga chiqib olganimizda yigitlardan to‘liq himoyaga o‘tib olmasliklarini so‘radim. Balki bunga “Navbahor” bizni majbur qilgandir. Tarkibimizga ikki ijaradagi futbolchi qaytdi. Ular jamoaga yordam bermoqda.

Dilyaver Vaniyev, “Mash’al” katta murabbiyi

Ushbu g‘alabadan keyin “Mash’al” ochkolarini 13 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarildi. Muborakliklar 12-turda “Buxoro”ga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют