» » Dunyo miqyosida pandemiya sabab ocharchilik kuchaygani ma’lum qilindi

Dunyo miqyosida pandemiya sabab ocharchilik kuchaygani ma’lum qilindi


Koronavirus pandemiyasi sabab butun dunyoda ocharchilik “Injil ko‘lami”ga yetishi mumkin. Bu haqda Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Mavjud barcha ma’lumotlar, xususan, YaIMning 80 foiz insonlarga nisbatan o‘sishiga oid prognozlar oziq-ovqat mahsulotlarida taqchilikkni ko‘rsatmoqda — pandemiyaga qadar 140 million aholi va yil oxiriga qadar 270 million aholi — bular haqiqiy falokatdan darak bermoqda. Biz Injil ko‘lamidagidek ocharchilik xavfi qarshisida qoldik”, — deydi Bisli.

Shu bilan birga, Lotin Amerikasida ocharchilikdan aziyat chekadigan insonlar soni 269 foizga, Sharqiy va Markaziy Osiyoda 135 foizga, Janubiy Afrikada esa 90 foiziga oshadi.

“Ocharchilik dunyoda bulutlardan yuqori darajaga chiqib oldi va zudlik bilan harakat qilmasak, ko‘pchilik halok bo‘ladi, bolalar uzoq yillar davomida to‘yib ovqatlanmaganidan aziyat chekadi, dunyo so‘nggi o‘n yillikka ocharchilikka qarshi kurashda erishgan natijalarini yo‘qotib, ortga qaytadi”, — deydi Bisli.

Ta’kidlanishicha, pandemiya oqibatlarini yumshatish yo‘lida gumanitar faoliyatni amalga oshirish uchun yaqin yarim yil ichida 5 milliard dollar kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir: BMT koronavirus pandemiyasi sabab 30 ga yaqin davlatda ocharchilik bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

Aprel oyining boshlarida BMT koronavirus tufayli arab davlatlarida 8,3 million kishi qashshoqlikka duch kelishini, oziq-ovqat bilan yetarli ta’minlanmaganlar soni 2 millionga ko‘payishini ma’lum qilgandi. Hozirgi paytdayoq arab davlatlarida 101 milliondan ortiq kishi qashshoqlik yoqasida, 52 million kishi esa to‘yib ovqatlanmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют