» » Ravshan Haydarov: “Buxoro” bizdan bir kun ko‘p dam olgani bilindi, har 3 kunda o‘yin o‘tkazish qiyin

Ravshan Haydarov: “Buxoro” bizdan bir kun ko‘p dam olgani bilindi, har 3 kunda o‘yin o‘tkazish qiyin


“Surxon” jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “Buxoro”ga qarshi kechgan o‘yindagi (0:1) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Juda yomon o‘yin o‘tkazdik. Har uch kunda o‘ynayapmiz, bu uchrashuvga tayyorgarligimiz me’yorida bo‘lmagani bilinib qoldi. Tarkibda ham muammolarimiz borligi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. “Buxoro” jamoasi yaxshi o‘ynadi, ularni g‘alaba bilan tabriklayman.

Raqibni bir kun ko‘p dam olgani bilindi, jismoniy tomondan ular bizdan ustun keldi. Tarkibimizdagi muammolar haqida gapiradigan bo‘lsam, hujumchimiz Kasyan maydonga tushmadi. Stanoyevich hali safimizga qaytmadi. Jismoniy holatimiz ham yuqori darajada emas. Pandemiya, futbolchilarni kasallanishi, jarohatlar, bari o‘zining ta’sirini ko‘rsatmoqda. Har uch kun o‘ynash qiyin bo‘lmoqda.

Afsuski, ikkinchi o‘yinda ham avtagol hisobiga ochko yo‘qotmoqdamiz. Nima bo‘layotganiga o‘zim ham hayronman. Jamoani kuchaytirishni o‘ylayapmiz, “Paxtakor”dan Ibrohim Yo‘ldoshev biz bilan birga shug‘ullanmoqda. Hali ro‘yxatdan o‘tkazmadik. Tashkiliy tomondan ham ayrim muammolar bor. 31-avgustga qadar yangi futbolchilarni qo‘shib olishga harakat qilamiz.

Ravshan Haydarov, “Surxon” bosh murabbiyi

“Surxon” 11-turdan keyin 8 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda. Jamoa keyingi turni “Metallurg”ga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют