» » “Ishqdagi ishq” filmi aktyorlari 40 yildan keyin qanchalik o‘zgardi? (foto)

“Ishqdagi ishq” filmi aktyorlari 40 yildan keyin qanchalik o‘zgardi? (foto)


Ekran yuzini ko‘rganiga 40 yildan ortiq vaqt bo‘lgan, muxlislar qalbidan joy olgan “Ishdagi ish” filmi aktyorlari qanchalik o‘zgargan? Quyidagi fotolar orqali ushbu savolga javob beramiz.

Andrey Myagkov

“Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling!” filmidagi rolidan keyin tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan aktyorga “Ishdagi ishq”dan keyin e’tibor yanada oshgan. Ko‘plab filmlardagi ijrosi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Andrey Myagkov rejissor va yozuvchi sifatida ham o‘zini sinab ko‘rgan va muvaffaqiyatga erishgan.

Alisa Freyndlix

Alisa “Ishqdagi ish” filmi uchun o‘z vaqtida davlat mukofotini qo‘lga kiritmagan yagona ayol aktrisa. Shunga qaramay, aktisa filmlarda suratga tushishdan to‘xtamagan va u ishtirok etgan har qanday film muvaffaqiyatga erishgan.

Oleg Basilashvili

“Ishdagi ishq”dan keyin Oleg Basilashvili yana yuzlab filmlarda hamda teatrda rol ijro qilgan. 90-yillarga kelib esa aktyor asosiy vaqtini siyosiy karyerada muvaffaqiyatga erishishga sarflagan.

Liya Axedjakova

Aktrisa ham filmdan keyin karyerasini to‘xtatib qo‘ymagan. Teatrda ham faol rol ijro qilgan. Bugungi kunda esa u mamlakat hayotidagi muammolarga faol fuqarolik pozitsiyasiga ega aholining e’tiborini jalb qilish bilan band.

Svetlana Nemolyayeva

Rejissor Eldor Ryazanov filmida suratga tushganidan keyin mashhurlikka erishgan aktrisa keyinchalik kino va teatrdagi turli rol ijro qilishdan tashqari multfilmlar qahramonlariga ham ovoz bergan.

Lyudmila Ivanova

2016-yilda hayotdan ko‘z yumgan aktrisa “Ishqdagi ishq”dan keyin filmlarda suratga tushishni davom ettirish bilan birga, pedagogika bilan shug‘ullangan va qo‘shiq uchun matn ham yozgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют