» » UFC prezidenti Zabit Magomedsharipovning kim bilan jang qilishini xohlayotganini aytdi

UFC prezidenti Zabit Magomedsharipovning kim bilan jang qilishini xohlayotganini aytdi


UFC prezidenti Deyna Uayt yarim yengil vazn toifasi vakillari Zabit Magomedsharipov va Yair Rodriges o‘rtasidagi jang tashkilotchiligi haqida gapirdi.

Bu borada ishlayapmiz. Ular o‘zaro jang qilishini istayapmiz, shu sabab Rodrigesning tiklanishini kutyapmiz.

Bu nima bilan tugashini bilmayman, biroq mukammallik haqida gapirsak, u holda ular o‘rtasida besh raundlik jang bo‘lishini xohlardim.

Deyna Uayt, UFC prezidenti

Zabit va Rodriges o‘rtasidagi jang 29-avgust sanasiga mo‘ljallangan edi, biroq jang meksikalik yakkakurashchining jarohati sabab qoldirildi. Ayrim xabarlarga ko‘ra ular o‘rtasidagi jang 24-oktabr kungi UFC 254 musobaqasida bo‘lib o‘tishi mumkin. O‘sha kunning asosiy voqeasi Habib Nurgomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang bo‘ladi.

6 ta nokaut qayd etilgan UFC on ESPN 15 musobaqasi janglarini tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют