» » Chirchiqda Lacetti haydovchisi daraxtga borib urilishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Chirchiqda Lacetti haydovchisi daraxtga borib urilishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi


Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 24 yoshli haydovchi Lacetti’da yuqori tezlikda harakatlanib daraxtga urilgan va voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Voqea 2020-yil 21-avgust kuni sodir bo‘lgan. 1996-yilda tug‘ilgan B.O‘. Chirchiq shahridagi Kamolot ko‘chasida boshqaruvida bo‘lgan Lacetti’ning tezligini me’yoridan oshirgan va yo‘lning xavfli burilish qismiga yetganda boshqaruvni yo‘qotib daraxtga urilgan.

Oqibatda 24 yoshli yigit og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Avtomobil yo‘lovchisi 24 yoshli R.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida Damas va “IJ” mototsikli to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani, Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ichida 4 nafar odam bo‘lgan Lacetti tunda elektr ustuniga urilib yonib ketgani,  Toshkentda mast holatda Lacetti haydagan 18 yoshli yigit yo‘l-transport hodisasini sodir etib, do‘stining o‘limiga sababchi bo‘lgani haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют