» » Lissabonda yulduzlar jangi: Chempionlar Ligasi toji qaysi jamoaga nasib etadi? Barchasi PSJ—“Bavariya” o‘yini haqida

Lissabonda yulduzlar jangi: Chempionlar Ligasi toji qaysi jamoaga nasib etadi? Barchasi PSJ—“Bavariya” o‘yini haqida


23-avgust, yakshanba oqshomida Lissabondagi “Estadio Da Lush” stadionida 2019/20-yilgi mavsumning eng asosiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda nemis mashinasi deb nom berilgan “Bavariya” yulduzli PSJ bilan Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi aniqlash uchun kurash olib boradi.

Sarflangan milliardlab xarajatlarga qaramay, PSJ yillar davomida Chempionlar Ligasi finali nima ekanligini bilmay keldi. Nihoyat Neymar va uning jamoadoshlari qator muvaffaqiyatsiz mavsumlardan so‘ng final bahsida o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldi. PSJdan farqli o‘laroq, “Bavariya” bungacha Chempionlar Ligasida 5-marta g‘olib chiqishga ulgurgan. Myunxenliklarning oxirgi g‘alabasi 2013-yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda jamoa “Borussiya Dortmund”ni mag‘lub etib, musobaqa bosh sovriniga ega chiqqandi.

Jamoalarning finalgacha bosib o‘tgan yo‘li

Ta’kidlash o‘rinli, ikkala jamoa ham nafaqat Chempionlar Ligasida, balki o‘z milliy chempionatida ham benuqson o‘yin namoyish etdi.

PSJ o‘z guruhida “Real”, “Bryugge” va “Galatasaroy”ni mag‘lub etib, ajoyib start oldi. “Qirollik klubi” darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritildi. Shuningdek, guruhdagi boshqa jamoalar bilan o‘yinda ham parijliklar o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormadi. Tomas Tuxel shogirdlarining guruh bosqichidagi yagona muvaffaqiyatsiz (“Santyago Bernabeu”dagi durangni muvaffaqiyatsizlik deyishga til bormaydi, ochig‘i) o‘yini Madriddagi javob bahsi (2:2) bo‘ldi.

Shunga qaramay, pley-offning dastlabki o‘yinida PSJ yaxshigina ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. “Borussiya D” bilan kechgan duel oson bo‘lmadi. Dortmundda fransuz klubini Erling Holandning bir o‘zi taslim etdi – 2:1. Ammo javob bahsida Neymar va uning do‘stlari bekorga katta maosh olmayotganini isbotladi – 2:0. Undan keyin esa “sakkiz finalchi” formati: “Atalanta”ga qarshi o‘yinda jamoani oxirgi 3 daqiqa qutqargan bo‘lsa (2:1), “Leypsig” bilan kechgan bahsda tajriba va mahorat o‘z so‘zini aytdi (3:0).

“Bavariya” joriy mavsumda deyarli hech qanday xatoga yo‘l qo‘ymayapti, Chempionlar Ligasida esa unga teng keladigan jamoa topilganicha yo‘q. “Qizil mashina” guruh (“Bavariya” “Srvena Zvezda”, “Olimpiakos” va “Tottenhem” kabi jamoalar bir bilan bir guruhdan joy olgandi) bosqichida o‘rtoqlik o‘yinlarida bo‘lgani kabi, ortiqcha qiyinchiliklarsiz 6 ta o‘yinda 6 ta g‘alabaga erishdi. Pley-off bosqichida “Chelsi” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 7:1 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, chorak finalda Messining (“Barselona”) arazlashiga sabab bo‘lgan 8:2 hisobi qayd etildi. Yarim final bosqichida “Lion” ustidan qozonilgan ishonchli g‘alaba (3:0).

Ikkala jamoa o‘rtasidagi jami to‘qnashuvlar statistikasi

Jamoalar shu paytgacha umumiy hisobda 9 ta marta to‘qnash kelgan. Parijliklar 5 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, 4 ta o‘yinda “Bavariya”ning qo‘li baland kelgan.

9 o‘yindagi o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichi 3,2 ga teng. PSJ har bir o‘yinda o‘rtacha 1,3 ta, “Bavariya” esa 1,5 ta gol urgan.

O‘yinga oid fakt va raqamlar:

Taxminiy tarkiblar:

“Bavariya”: Manuel Noyer — Alfonso Devis, David Alaba, Jerom Boateng, Yozua Kimmix — Tiago Alkantara, Leon Goretska — Serj Gnabri, Ivan Perishich, Tomas Myuller — Robert Levandovski.

PSJ: Serxio Riko — Tilo Kerer, Tiago Silva, Presnel Kimpembe, — Ander Errera, Markinyos, Leandro Paredes — Anxel di Mariya, Neymar, Kilian Mbappe.

O‘yin oldidan murabbiylar qanday fikrda?

PSJ — ajoyib jamoa, ular finalga qadar yetib keldi. Biz ba’zi bir jihatlarni tahlil qilyapmiz, ularda qator tezkor o‘yinchilar borligini bilamiz.

Biz o‘z himoyamizni yaxshi tashkil qilishga harakat qilamiz, ammo asosiy qurolimiz — raqibga bosim o‘tkazish.

Hans Flik, “Bavariya” bosh murabbiyi

Hozir “Bavariya” ajoyib formada. Bu – g‘alabaga o‘ch yoshlarga ega turnirning tajribali jamoasi.

“Bavariya”ning kichik ustunligi shundaki, ular bu kabi finalda raqobatlashishga odatlangan. Ammo bu hal qiluvchi ustunlik emas.

Tomas Tuxel, PSJ ustozi

Bilol ERKIN tayyorladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют