» » “Ilhaq” filmining kastingidan o‘ta olmagan Alisher Uzoqov ushbu film haqidagi fikrlarini ma’lum qildi (foto+video)

“Ilhaq” filmining kastingidan o‘ta olmagan Alisher Uzoqov ushbu film haqidagi fikrlarini ma’lum qildi (foto+video)


Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

“Ilhaq” tarixiy filmining foto va video sinovlarida aktyor Alisher Uzoqov filmdagi Isoqjon obrazi uchun omadini sinab ko‘rgan edi. Filmdagi ushbu rol aktyor Ilhom Sodiqovga nasib etdi.

Suhbat davomida Alisher Uzoqov “Ilhaq” tarixiy filmi va ushbu film kastingidan o‘ta olmaganiga quyidagicha munosabat bildirdi.

‘Ilhaq’ — zo‘r kino. Menga eng yoqqan tarafi, shu kinoga meni olishmaganligi. Eng to‘g‘ri qaror. Meni olmagandan xafa bo‘lmaganman, chunki men ham rejissorman. Jahongir ijodi uchun hech qachon pora olib, yoki tanish bilishchilik qilmaydi. U to‘g‘ri yo‘lni tanlaydi, prinsipi bor. 15 ta kinosida o‘ynab, bittasida o‘ynamasam xafa bo‘lishim kerakmi?

Men foto va video sinov topshirgandim. Olinmaganim yaxshi bo‘libdi. Chunki o‘ynagan aktyorlarning hammasi zo‘r, o‘z o‘rnida. Maza qilib ko‘rdik, ajoyib film.

Filmni ko‘rib yig‘lamadim, lekin ko‘p joylari qattiq ta’sir qildi. Kinokartina zo‘r, operator Jahongir Ibragimov (Yoxan), ofarin. Ijodiy guruh juda yaxshi ishlagan. Kartinka ranglari yoqdi menga. Umuman, kinoning rangi yoqdi, rassomlar, obyektlar, aktyor-aktrisalar hammasi zo‘r, joy-joyida. Bu rejissorning yutug‘idir.

Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor

Ma’lumot uchun, “Ilhaq” filmi “O‘zbekkino” buyurtmasiga binoan “Ezgu film” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. “Ilhaq” tarixiy filmining ssenariysi Jahongir Ahmedov hamda Hasan Toshxo‘jayev tomonidan yozilgan. Film operator Jahongir Ibragimov, rassom Bahriddin Shamsuddinov, libos Zuhra G‘aniyeva, grimm Zilola Sobirova, prodyuser Zafar Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют