» » Haftalik dayjest: Koronavirusning kamayishi, Bobomurod Abdullaning qaytishi, monopoliya ostidagi raqobat, VPNni ochiramizmi, yoqmi?

Haftalik dayjest: Koronavirusning kamayishi, Bobomurod Abdullaning qaytishi, monopoliya ostidagi raqobat, VPNni ochiramizmi, yoqmi?


GM Uzbekistan monopoliyasi ostidagi narxlar togrisida tortishuvlar bu hafta yana davom etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Avtomobillar tannarxini kamaytirib, bozorda raqobatbardoshligini oshirish zarur, deya tavsiya berdi. Assalomu alaykum. Dayjestimizni boshlaymiz.

Garchi koronavirus haqidagi xabarlar endi saytlarning eng yuqorisida turmayotgan bolsa-da, hamon diqqat bilan kuzatilmoqda. Darhaqiqat, koronavirus yuqish holatlari kamayayotganligini quvonch bilan urgulasak boladi. Masalan, 21-avgust kuni yurtimizda 381 kishida koronavirus aniqlandi. Bu 1,5 oy ichidagi eng past korsatkichdir. Kunlik olim holatlari 5-7 nafarni tashkil qilyapti.

Ozbekistonda koronavirus bemorlarini davolayotgan shifokorlar 20-avgustdan boshlab kunbay ish tartibiga otkazildi. Ular besh oydan beri 14 kunlik vaxta usulida ishlayotgan edi.

Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov uch hafta davomida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanib ishga qaytdi va germaniyalik mutaxassislar bilan virusga qarshi kurashish masalasida muloqot otkazdi. Bu orada Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov ham tuzaldi. Ammo 25-iyuldan beri koronavirusdan davolanayotgan Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov vafot etdi.

* * *

Jurnalist Bobomurod Abdullayev ozod qilindi. U 8-avgust kuni Qirgizistonda qolga olinib, keyinroq Ozbekistonga yuborilgan edi. Bobomurod Abdullayev 22-avgust kuni xulq-atvor qoidalariga rioya qilishi togrisidagi tilxatga asosan qoyib yuborildi. Jurnalist prezidentga videomurojaat yollab, minnatdorlik bildirdi va vatan hamda xalq xizmatida bolish uchun bor bilim va tajribasini safarbar etishga tayyorligini aytdi. Avvalgi hibsdagidan farqli holda bu safar DXX xodimlari unga yaxshi munosabatda bolganligini ham aytdi.

* * *

UzAutoMotors monopoliyasi ostida ezilgan mijozlar bu hafta kun korishdan sal-pal umid qilgan edi. Biroq deputatlar puflab yaltiratgan chog yuziga ham zumda kul tortildi. Oliy Majlis deputati Doniyor Ganiyev Ozbekistonda avtomobillar narxi 3 million somdan 19 millionsomgacha tushirish uchun ancha-muncha jonbozlik korsatib, maqsadga erishay, deb turgan edi. Shundan keyin Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasining maxsus komissiyasi tomonidan UzAuto Motors AJga qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish togrisida bajarilishi majburiy bolgan korsatma berildi. Ammo UzAutoMotors avtomobillar narxi asosli ekanini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini malum qildi. Shunday qilib, bajarilishi majburiy bolgan korsatma shundayligicha qolib ketdi.

* * *

Ozavtosanoat AJ qancha foyda olishini bilasizmi? Korporativ axborot yagona portali malumotiga kora, Ozavtosanoat aksiyadorlik jamiyati 2019-yil yakuni boyicha 431 milliard 202 million som miqdorda sof foyda olgan. Bundan 215,6 milliard som taqsimlanmagan holda qoldiriladi. 21,6 milliard somi zaxira fondiga yonaltiriladi. Yana shuncha pul homiylik va xayriya jamgarmasi fondiga ketadi. 43,1 milliardsomi Innovatsion faoliyatni qollab-quvvatlash jamgarmasiga ajratiladi. 129,4 milliardsom dividend toloviga, budjetga yonaltiriladi. Bunda dividendlar tolash muddati penya va foizlar hisoblamasdan 2020-yil 31-dekabrgacha belgilanadi.

* * *

Afgonistonlik jangarilarning otgan oqi ozbekistonlikka tegdi. 20-avgust kuni Afgonistonning Balx viloyatida Sogdiyona trans shoba korxonasi vakillariga qurolli hujum sodir etildi. Korxona Ozbekiston temir yollari AJ tarkibiga kiradi. Hujum oqibatida korxona koordinatsiya bolimi boshligi orinbosari jarohat oldi, ikki nafar Afgoniston fuqarosi (Ichki ishlar vazirligining temir yolni qoriqlash batalyoni askari va bir nafar hujum qilgan nomalum shaxs) halok boldi. Jarohat olgan korxona koordinatsiya bolimi boshligi orinbosari korxonaga tegishli avtomashinada Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazildi.

Ozbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afgoniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali gaplashib, Afgonistonda faoliyat yuritayotgan Ozbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini soradi.

* * *

Ozbekistonda korrupsiya jinoyatlari haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti beriladi.

Birinchidan, korrupsiyaga oid mamuriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari.

Ikkinchidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud ozlashtirilayotgan (ozlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ottiz baravarigacha bolsa, bazaviy hisoblashning quyidagi miqdorida: ijtimoiy xavfi katta bolmagan jinoyat uchun ? besh baravar; uncha ogir bolmagan jinoyat uchun ? yetti baravar; ogir jinoyat uchun ? on baravar; ota ogir jinoyat uchun ? on besh baravar.

Uchinchidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud ozlashtirilayotgan (ozlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ottiz baravaridan yuz baravarigacha bolsa, bazaviy hisoblashning quyidagi miqdorida: ijtimoiy xavfi katta bolmagan jinoyat uchun ? on baravar; uncha ogir bolmagan jinoyat uchun ? on besh baravar; ogir jinoyat uchun ? yigirma baravar; ota ogir jinoyat uchun ? yigirma besh baravar.

Tortinchidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud ozlashtirilayotgan (ozlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan kop bolsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi: ancha miqdor (BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha) uchun ? on besh foizi; kop yoki juda kop miqdor (BHMning 300500 baravarigacha hamda 500 baravar va undan kop) uchun ? on foizi.

Dayjestimiz oquvchilariga Korrupsiyani fosh eting va boy boling, deb qolamiz.

* * *

Haftaning eng shov-shuvli videosi Andijon hokimi qizining tugilgan kunini nishonlashi boldi. Xonanda Munisa Rizayeva Andijon hokimning kichik qizi 19 yoshga tolishi munosabati bilan tashkil etilgan oilaviy marosimda xizmatda boldi. Shuhratbek Abdurahmonov kattakon tortni kesdi, sevimli qiziga Gentra avtomobili sovga qildi. Ijtimoiy tarmoqlar esa marosimda 30 kishi qatnashganmi, yoqmi, deb muhokama qildi.

* * *

Avgust boshlaridan Facebook ijtimoiy tarmogiga kirish qiyinlasha borishi bilan internet foydalanuvchilarimiz yoppasiga VPN-ilovalarni ornatishni boshlagandi. Ammo bu hafta buyuk devor yoq bolib, Facebook va Instagram risoladagidek ochila boshladi. Biroq yurak oldirib qoygan tarmoq foydalanuvchilari VPN-ilovalarni ochirishga shoshilmayapti. Shu munosabati bilan Milliy mass-mediani qollab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov quyidagi tvitini yozdi.

Shu pozitiv nuqtada dayjestimizni yakunlaymiz. Eng songgi yangiliklarni Daryoda oqing. Karantin qoidalariga rioya qiling.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-08-2020, 21:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
:
-
:
20 ... -