» » RPL. “Spartak” Moskva derbisida “Lokomotiv” ustidan irodali g‘alabaga erishdi

RPL. “Spartak” Moskva derbisida “Lokomotiv” ustidan irodali g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 4-turida “Spartak” 23-avgust, yakshanba kuni “Lokomotiv” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuv debyutida Murilo Serkeyra “temiryo‘lchilar”ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda maydon egalari faollikni oshirdi va bu o‘z samarasini berdi. 53-daqiqada Yordan Larsson hisobni tenglashtirishga erishdi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida Aleksandr Sobolyev “Spartak”ning g‘alaba to‘pini kiritdi.

Uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan Oston O‘runov maydonga tushmadi. “Lokomotiv” esa legionerlarga qo‘yilgan cheklov sabab Jasur Jaloliddinovni RPL ro‘yxatidan o‘tkazmagan.

“Spartak” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 8 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi, “Lokomotiv” (7) esa 4-pog‘onada bormoqda.

RPL

4-tur bahsi

23-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 10 Serkeyra, 1:1 – 53 Larsson, 2:1 – 81 Sobolyev.

“Spartak”: Maksimenko, Jigo, Jikiya, Maslov, Ayrton, Zobnin, Kral, Umyarov (Yeshenko, 90), Bakayev (Glushenkov, 79), Larsson (Til, 90), Ponse (Sobolyev, 59).

“Lokomotiv”: Gilyerme, Ribus, Chorluka, Serkeyra, Ignatyev, Anton Miranchuk, Aleyksey Miranchuk (Ribchinskiy, 36; Lisakovich, 85), Krixovyak, Barinov (Magkeyev, 18), Eder (Kamano, 84), Smolov (Jemaletdinov, 85).

Ogohlantirishlar: Barinov (7), Rыbus (42), Krixovyak (44), Chorluka (69), Ribchinskiy (80), Umyarov (86), Gilyerme (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют