» » Buxoroda Erondan olib kelingan mebel va maishiy texnikani yashirincha olib kirishga uringan shaxslar fosh etildi

Buxoroda Erondan olib kelingan mebel va maishiy texnikani yashirincha olib kirishga uringan shaxslar fosh etildi


Buxoro viloyatiga Eron davlatidan kirib kelgan temiryo‘l vagonlari orqali tovar-moddiy boyliklarni yashirincha olib kirishga uringan shaxslar fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javohir Ismoilov ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Xo‘jadavlat” temiryo‘l chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan temiryo‘l vagonlarini nazoratdan o‘tkazgan.

Nazorat tadbiri davomida chegara postdan bojxona organlari xodimlariga “chap berib”, tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga uringan shaxslar fosh etilgan. Unda fuqaro X.M.ning nomiga olib kelinayotgan yuklar orasida bojxona yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 48,2 million so‘mlik mebel jihozlari hamda maishiy texnika vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют