» » Krossovkalarni oq holatda saqlash uchun tavsiyalar

Krossovkalarni oq holatda saqlash uchun tavsiyalar


Loy, ko‘lmaklar, o‘tlar va hatto yo‘l chetidagi to‘siqlar ham oppoq krossovkalaringizni kirlantirishi mumkin. Bizning tavsiyalarimiz yordamida krossovkalaringizga yana oppoq rangni qaytarishingiz mumkin.

Oq krossovkalar quyosh nurlari to‘g‘ri tushadigan joyda turmasligi kerak: mato yoki charm o‘ngib qoladi va sarg‘ayadi. Oyoq kiyimiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lib, uni salqin va qorong‘i joyda saqlang.

Krossovkada yog‘ dog‘i paydo bo‘lgan bo‘lsa, e’tiborsiz qoldirmang: vaqt o‘tishi bilan u sarg‘ayadi va ko‘zga tashlanib qoladi. Shu tufayli uni zudlik bilan ketkazish kerak. Buning uchun yumshoq shampun (soch uchun)dan foydalaning, uni iliq suvga aralashtiring. Mayin gazlamali sochiqni yoki kichik cho‘tkani aralashmada ho‘llab oling va dog‘ni ehtiyotkorlik bilan ishqalang. U yo‘qolishi kerak.

Kir yuvish mashinasida siqish va chayish rejimida poyabzal gazlamasi tolalari katta kuch bilan buraladi, tagcharm esa juda katta yuk ostida qoladi. Bunday yondashuv bilan hatto eng chidamli oyoq kiyim ham “uzoq yashamaydi”.

Bir marta bo‘lsa ham krossovka iplarini mashinada yuvib ko‘rgan bo‘lsangiz, ular natijada ko‘p buralib ketgan ikkita uzun mato bo‘lagiga aylanganiga guvoh bo‘lgansiz. Bunday xatolarni takrorlamaslik uchun, iplarni qo‘lda yuvish vositasi bilan tozalang va havoda quriting.

Charm krossovkalardagi tirnalgan izlar ularni bir lahzada arzon ko‘rinishga keltiradi. Buni tuzatishda tirnoq uchun oddiy lak yordam beradi. Oq lakni ziyon yetgan joyga bir necha qavat qilib suring, shunda oyoq kiyimning ko‘rkam ko‘rinishi saqlanib qoladi.

Krossovkani yuvgach, uni albatta qog‘oz sochiq ustida quriting. Qog‘oz ortiqcha namlikni singdirib oladi, oyoq kiyim tezroq quriydi va kir oq tusga kirmaydi. Shuningdek, krossovkani qish paytida javonga olib qo‘yishda ham uni gazeta varaqlari bilan to‘ldirsangiz, nam bosib qolmaydi.

Tozalash qiyin bo‘lgan joylar, masalan, chok chizig‘i yoki taram-taram tagcharmdagi mayda dog‘lar va kirlarni tish cho‘tkasi yordamida ketkazing. Uni suv va yumshoq sovun aralashmasiga botirib oling va iflos joyni ishqalang.

Krossovkadagi mayda dog‘larni oson va tez ketkazishda oddiy osh sirkasi qo‘l kelishi mumkin. Sirkada namlangan yumshoq mato bilan kirlangan joyni ishqalang.

Manba: “Fraufluger.ru”

Опубликовано: admin (28-04-2017, 09:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют