» » AQSh O‘zbekistonga o‘pkani sun’iy nafas oldiruvchi 200 ta apparat yubordi

AQSh O‘zbekistonga o‘pkani sun’iy nafas oldiruvchi 200 ta apparat yubordi


AQShdan O‘zbekistonga umumiy qiymati 2,5 million dollar bo‘lgan o‘pkani sun’iy nafas oldiruvchi 200 ta apparat yuborildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, apparatlar prezident Donald Tramp administratsiyasi tomonidan iyun oyida e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida xayriya qilinmoqda.

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralarini qo‘llab-quvvatlash uchun tibbiy jihozlarni yuborish masalasi Vashingtondagi elchixonada Oq uy administratsiyasi, AQSh Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bilan o‘tkazilgan qator maslahatlashuvlarda muhokama qilingan.

Apparatlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muassasalarining texnik infratuzilmasini hisobga olgan holda maxsus buyurtma asosida Amerikaning Zoll Medical Corporation kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ular statsionar davolanishda, havo tibbiy transportida yoki tez yordam mashinalarida tashish paytida intensiv terapiya uchun ishlatiladi.

Amerika tomonidan taqdim etilgan ushbu apparatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan viloyatlardagi 62 ta tibbiyot muassasasi o‘rtasida taqsimlanadi.

Avvalroq Dubay amirligi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 723 million so‘mlik dorilar va tibbiy vositalar jo‘natgani, Germaniya O‘zbekistonga kislorod ballonlari, tibbiy niqoblar va kombinezonlardan iborat insonparvarlik yordami yuborgani, O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami jo‘natgani,  Singapurdan 30 ta kislorod konsentratori beg‘araz yordam sifatida olib kelingani, xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: So‘nggi bir hafta ichida O‘zbekistonga qancha nafas oldirish apparati va kislorod konsentratorlari olib kelingani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют