» » Mobiuz yana bir Internet-tarifni ishga tushirdi

Mobiuz yana bir Internet-tarifni ishga tushirdi


Mobiuz’ning “Gap Yo‘q Pro” tarif rejasi 17 000 MB, tungi 8 000 MB va bir qator qulayliklarni o‘z ichiga olgan.

Mobiuz mobil operatori mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, mobil Internetning keng imkoniyatlaridan foydalanishga ko‘mak beruvchi mahsulotlarni joriy qilmoqda. Bundan ikki oy avval “Gap Yo‘q” Internet-tarifi ishga tushirilgan edi. Qisqa muddat ichida u abonentlarning eng yoqimli tariflaridan biriga aylandi. Bunday muvaffaqiyat va mijozlarning ko‘plab ijobiy fikrlari kompaniya marketologlarini yana bir qiziq mahsulot ishlab chiqishga ilhomlantirdi.

Yangi “Gap Yo‘q Pro” tarif rejasi avvalgi tarif bilan uzviy bog‘liq. U har qanday tarzda foydalansa bo‘ladigan 17 000 MB, tungi 8 000 MBni o‘z ichiga olgan. Tarif rejasining abonent to‘lovi – oyiga 75 ming so‘m.

Hususan, “Gap Yo‘q Pro” tarif rejasi bo‘yicha ertalab 08:00 dan kechki 23:59 gacha kunduzgi, tungi 00:00 dan 07:59 gacha esa tungi trafik sarflanadi. Tungi 8 000 MB yakunlangandan keyin esa 17 000 MBning qoldig‘ini xohlagan paytda ishlatish mumkin.

“Gap Yo‘q” tarif rejasi kabi “Gap Yo‘q Pro”da qo‘ng‘iroqlar, SMS-xabarlar va limitdan oshgan Internet-trafik uchun qulay narxlar amal qilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqning 1 daqiqasi, 1 ta SMS va 1 MB (tarif rejasi bo‘yicha MB yakunlangandan keyin) 12 so‘mni tashkil qiladi.

Mobiuz’ning bu yili ishga tushirilayotgan barcha yangi tarif rejalari oyning birinchi sanasiga bog‘lanmagan. Shu jumladan, “Gap Yo‘q Pro” tarifiga ulangan yoki o‘tilgan kuniga qarab abonent to‘lovi belgilanadi, unga kiritilgan MB ham to‘laligicha taqdim etiladi. Kelasi abonent to‘lovi qachon yechib olinishini esa *001# USSD-so‘rovi orqali bilib olish mumkin.

Agar abonent to‘lovi yechib olinadigan kuni raqamda yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, “Gap Yo‘q Pro” avtomatik ravishda kunlik tartibga o‘tadi – kuniga 3 750 so‘mga abonent 567 MB + tungi 267 MBga ega bo‘ladi.

- Mobiuz’ning “Gap Yo‘q” tariflari alohida mahsulotlar qatoridan joy olmoqda. Ushbu tariflar yoshlar va Internetdan faol foydalanidigan aholi uchun mo‘ljallangan. Axir mobil Internet – kunlik vazifalarni bajarish va onlayn hayotdan bahramand bo‘lish uchun zarur vositadir. “Gap Yo‘q Pro” amaldagi va yangi abonentlarimizning ko‘ngillaridan joy olishidan umid qilib qolamiz, - deydi Mobiuz’ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Mobiuz mahsulot va xizmatlar haqidagi batafsil ma’lumotni www.mobi.uz saytidan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют