» » Toyota Hyundai Creta’dan arzonroq turuvchi ixcham krossoverini taqdim etdi (foto)

Toyota Hyundai Creta’dan arzonroq turuvchi ixcham krossoverini taqdim etdi (foto)


Toyota kompaniyasi rivojlanayotgan davlatlar uchun hamyonbop Urban Cruiser krossoverini taqdim etdi. Hindistonlik jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Toyota Urban Cruiser Hyundai Creta modelidan kamida 10 foizga arzon bo‘ladi, deb xabar beradi Motor.

Toyota dizaynerlari Suzuki Vitara Brezza’ning tashqi ko‘rinishini krossoverning tarkibiy qismga to‘g‘ri keladigan, biroq donor bilan maksimal darajada unifikatsiya qilinadigan tarzda qayta ko‘rib chiqishga uringan. Natijada modelning faqatgina old bamperi, radiator panjarasi va logotipi o‘zgargan. Ayrim rakursdan qaraganda Urban Cruiser kichraytirilgan Fortuner yo‘ltanlamasiga o‘xshab qolgan.

O‘zgacha tashqi ko‘rinish uning o‘lchamlariga ta’sir ko‘rsatmagan: Toyota Urban Cruiser uzunligi to‘rt metrdan oshmaydi. Salon qismida materiallar va ruldagi leybl o‘zgargan — krossover qolgan jihatlari bilan yapon markasi bilan bir xil. Ammo Toyota brendi ostidagi ixcham yo‘ltanlamas hashamatli ko‘rinishga ega: ikkita xavfsizlik yostiqchasi, to‘liq yorug‘lik diodli optika, 7 dyuymli multimedia tizimi va iqlim-nazorat mavjud.

Urban Cruiser interyeri faqat kulrang va qora Vitara Brezza’dan farqli o‘laroq, chigarrang rangda ham taqdim etiladi. Shuningdek, Toyota o‘z krossoveriga ulkan kafolat beradi — 3 yil yoki 100 ming kilometr. Suzuki Vitara Brezza’da ushbu ko‘rsatkich 2 yil yoki 40 ming kilometrga teng.

Texnik jihatdan farq mavjud emas: Urban Cruiser va Vitara Brezza 105 ot kuchi va 138 Nm aylanuvchi momentga ega 1,5 litrli dvigatelda harakatga keladi. Kuch agregati 5 pog‘onali “mexanik” yoki 4 pog‘onali “avtomat” uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Mavzuga doir: Yaponiyada Toyota Harrier’ni xarid qilmoqchi bo‘lganlar navbati 1,5 yilga cho‘zilib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют