» » Samarqand IIB eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan ayolni o‘z himoyasiga oldi. Uni ish bilan ta’minlab, yangi uy olishida ham ko‘maklashishini va’da qildi

Samarqand IIB eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan ayolni o‘z himoyasiga oldi. Uni ish bilan ta’minlab, yangi uy olishida ham ko‘maklashishini va’da qildi


Ijtimoiy tarmoqlarda eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan ayol videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari surishtiruv olib borib, tasvirdagi voqea ishtirokchilarining shaxsini aniqladi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, jabrlangan ayol Samarqand shahrining Termiz ko‘chasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan M., uni kaltaklagan fuqaro esa ayolning turmush o‘rtog‘i 1985-yilda tug‘ilgan Sh. ismli fuqaro bo‘lgan.

M. va Sh. 2012-yilda shar’iy nikohdan, 2015-yilda FHDYo bo‘limidan qonuniy nikohdan o‘tgan bo‘lib, oilaviy kelishmovchilik sabab er xotinini doimiy kaltaklab, qiynoqqa solib kelgan.

“M. 2020-yilning 20-avgust kuni ham turmush o‘rtog‘i Sh.ni sababsiz, turli bahonalar bilan yashayotgan uyida ayovsiz kaltaklab, oyoqlari bilan turli joylariga tepgan va tan jarohati yetkazgan”, — deyiladi viloyat IIB xabarida.

Ta’kidlanishicha, eri tomonidan doimiy kaltaklangan ayol M. va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan himoyaga olinib, unga IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari tomonidan “Himoya orderi” berilgan. Malakali psixologlar jalb qilingan holda farzandlari va o‘ziga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda.

“Eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan ayol IIB nazorati va himoyasi ostida. Yashash joyi, oziq-ovqatiga IIB xodimlari yordam bermoqda. Ayolning sog‘lig‘i va ahvoli yaxshi”, — deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev.

Samarqand IIB axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, fuqaro Sh. turmush o‘rtog‘ini urgani tasvirlangan video internetda tarqalgach, uyidan qochib ketgan. 23-avgust, yakshanba kuni Toshkentda qo‘lga olinib, Samarqandga olib kelingan.

Ayolni kaltaklagan Sh.ga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jahongir Sa’dullayevning ma’lumot berishicha, IIB ayolni ishga joylashtirishni o‘z zimmasiga olgan. Shuningdek, Samarqand shahar hokimligiga ayolni uy bilan ta’minlashni so‘rab, zaruriy hujjatlarni taqdim etgan.

“Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, ayolini kaltaklagan erkakning otasi avval “Siyob” bozorining rahbari bo‘lgan. Qaynota video internetda tarqalgach, ayolning qarindoshlarinikiga borib, videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganlarni izlagan va to‘polon ko‘targan. Mushtumzo‘rning akasi esa bosqinchilik jinoyatini sodir etgani uchun ayni paytda IIB tomonidan qidirilmoqda.

Mavzuga doir: Andijonda homilador ayol kaltaklangani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB esa voqea boshqacha bo‘lganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют