» » AQShda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari vaqtida asteroid Yerga maksimal darajada yaqinlashadi

AQShda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari vaqtida asteroid Yerga maksimal darajada yaqinlashadi


AQShda 3-noyabr kuni o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari oldidan Yerga kichikroq asteroid minimal masofa oralig‘ida yaqinlashadi, deb xabar beradi NASA.

Ta’kidlanishicha, diametri 2-4 metr oralig‘ida bo‘lgan 2018VP1 nomli osmon jismi sayyoraga, taxminan, 420 kilometrga qadar yaqinlashadi. Shu bilan birga, uning Yer bilan to‘qnashish ehtimolligi 0,41 foizga teng.

2018VP1 asteroidi ikki yil davomida Quyosh atrofini to‘liq aylanib chiqadi va Yer yaqinidagi asteroidlar guruhiga kiradi. Mazkur osmon jismi 2018-yilda Kaliforniyadagi Palomarsk observatoriyasi tomonidan aniqlangan.

Iyul oxirlarida NASA Yerga kattaligi 190 metrgacha bo‘lgan asteroid yaqinlashayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Mavzuga doir: XXI asrning eng yorqin kometasi Yerdan qachon ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют