» » Messi: Men futbolka almashishni faqat bir kishiga — Zidanga taklif qilganman

Messi: Men futbolka almashishni faqat bir kishiga — Zidanga taklif qilganman


Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi karyerasi davomida faqatgina bir marta futbolka almashishni istagani haqida aytib, o‘sha futbolka Zidanga tegishli ekanini ma’lum qildi.

“Chempionat”ning Invictos nashriga asoslanib xabar berishicha, Messi odatda futbolka alishishni so‘rab o‘zi murojaat qilmaydi va bunday holat tarixda faqatgina bir marta ro‘y bergan.

Menda futbolchilardan futbolka almashtirishni so‘raydigan odat yo‘q. Bu ishni faqatgina bir marta — Zidan uchun qilganman.

Guti mendan ikki marta — “Kamp Nou” va “Santyago Bernabeu”da futbolka so‘ragan. Odatda futbolchilarning o‘zlari alishishni taklif qilsagina men bunga rozi bo‘laman. Yo‘qsa, boshqa kimnidir izlab yurmayman.

Lionel Messi, “Barselona” hujumchisi

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan futbolchilik va murabbiylik faoliyatini “Barselona”ning ashaddiy raqibi bo‘lgan “Real” safida o‘tkazgan. La liganing 33-turida Messi aynan Zidan boshchilik qilayotgan klub darvozasiga ikkita gol urib, “Real”ni taslim qilishda katta hajmdagi ish baajargandi.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют