» » Koronavirus bemorlarida qand miqdorining oshishiga olib keladigan sabablardan biri ma’lum qilindi

Koronavirus bemorlarida qand miqdorining oshishiga olib keladigan sabablardan biri ma’lum qilindi


Koronavirusga qarshi kurashish shtabi Nargiza Nurullayeva koronavirusdan davolanayotgan bemorlarda qand miqdorining oshishi masalasiga izoh berib o‘tdi. Jumladan, mutaxassis “Deksametazon”, “Askorbinka” ukol, “Azitromitsin” va qon suyultiruvchi ukoldan iborat davolash muolajalari vaqtida qonda qand miqdori oshishi ehtimoli xususidagi savolga to‘xtalib o‘tgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda o‘tgan olti oy ichida qaysi kasalliklardan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilgani ma’lum qilindi

Nurullayeva “Deksametazon” gormoni COVID-19’ga chalingan, kislorod terapiya va o‘pka ventilyatsiyasiga muhtoj bemorlar orasida o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishi, shu bilan birga, gormonlar yordamida davolash glyukoza almashinuvining buzilishiga olib kelishini ta’kidlagan.

COVID-19 insulinga rezistentlikni oshiradi va insulin ishlab chiqarilishini kamaytiradi, bu esa giperglikemiyaga olib kelishi mumkin. ‘Deksametazon’ qabul qilishni to‘xtatgandan so‘ng glikemiya holati normal holatga qaytishi mumkin, bunday holatlarda diabet uchun maxsus davo talab etilmaydi. Ammo har uchinchi bemorda diabet rivojlanish xavfini hisobga olgan holda yashash joyi bo‘yicha terapevt shifokorni har yili glikirlangan gemoglobin tahlili o‘tkazilishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirish zarur. Qandli diabeti mavjud bo‘lgan bemorlar esa shifoxonadan chiqqanlaridan so‘ng endokrinolog shifokor nazoratida bo‘lishlari kerak. Shu bilan birga ‘Askorbinka’ va ‘Azitromitsin’ qand almashinuviga ta’sir etmaydi.

Nargiza Nurullayeva, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kaliforniya universiteti mutaxassislari qandli diabeti bor koronavirusga chalingan bemorlar boshqa bemorlarga qaraganda olti marotaba ko‘proq shifoxonaga murojaat qilmoqda va ular 12 barobar ko‘proq COVID-19 qurboniga aylanayotganini ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют