» » Superliga. “Bunyodkor” ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarib “Nasaf”dan ochko tortib oldi

Superliga. “Bunyodkor” ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarib “Nasaf”dan ochko tortib oldi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 12-turida “Nasaf” 24-avgust, dushanba kuni “Bunyodkor” bilan o‘ynadi.

Uchrashuv har ikki jamoaning faolligida boshlandi, biroq birinchi bo‘lib gol urish qarshiliklarga nasib etdi. Husayn Norchayev 20-daqiqada “Nasaf”ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Bobur Abduxoliqov jamoasining chiroyli hujumini gol bilan yakunladi.

Oradan o‘n daqiqa o‘tib Suhrob Izzatov hisobni qisqartirishga erishdi. O‘yin yakunlanishi arafasida zaxiradan maydonga qo‘shilganiga ko‘p bo‘lmagan Shahboz Erkinov muvozanatni tikladi.

Ushbu natijadan keyin “Bunyodkor” ochkolarini 22 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa qaytdi. “Nasaf” 20 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Coca-Cola Superliga

12-tur bahsi

24-avgust, dushanba

Gollar: 1:0 – 20 Norchayev, 2:0 – 57 Abduxoliqov, 2:1 – 67 Izzatov, 2:2 – 86 Erkinov.

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev (Husniddin Aliqulov, 81), Dilshod Saitov, Bobur Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Husain Norchayev (Islom Kenjaboyev, 65), Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov, Marko Stanoyevich, Umar Eshmurodov.

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abduljalilov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Anvar G‘ofurov (Suhrob Izzatov, 55), Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov (Selim Nurmurodov, 84), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Abdulla Abdullayev, Valeriy Akopov (Mirjahon Mirahmadov 37 (Shahboz Erkinov, 84)), Farrux Ikromov.

Ogohlantirishlar: Nasrullayev (2), Bozorov (71).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют