» » Xitoy COVID-19’ga qarshi kurashayotgan o‘zbekistonlik shifokorlarni himoya qilish uchun xalq tabobati usulida tayyorlangan dorilarni yetkazib beradi

Xitoy COVID-19’ga qarshi kurashayotgan o‘zbekistonlik shifokorlarni himoya qilish uchun xalq tabobati usulida tayyorlangan dorilarni yetkazib beradi


Xitoyning Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd. farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda koronavirusga chalingan shifokorlarni kasallikdan himoya qilish uchun xitoy xalq tabobati usulida tayyorlangan dorilarni yetkazib beradi. Bu haqda kompaniya rahbari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xabar berilishicha, Xitoyning Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd. farmatsevtika kompaniyasi hamda Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universitetining 10 nafar shifokor va mutaxassisisidan iborat guruh O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Xitoylik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, an’anaviy xitoy tabobati G‘arb tibbiyoti bilan birgalikda COVID-19’ning oldini olish, uni davolash va reabilitatsiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. “Buni mamlakatning bir qator provinsiyalarida, birinchi navbatda, yangi koronavirus tarqalishining markaziga aylangan Xubeyda o‘tkazilgan klinik kuzatishlar ham tasdiqlamoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Xubey provinsiyasida koronavirusga chalingan bemorlarning 91,6 foizi, mamlakat bo‘ylab 92,4 foizi sog‘ayishida aynan an’anaviy xitoy tabobati ham alohida ahamiyat kasb etgan.

“Eng qizig‘i, koronavirusga qarshi kurashish uchun Uxan shahriga 42 ming nafar xitoy xalq tabobati vakili safarbar qilingan bo‘lsa, ularning birortasi ham infeksiyani yuqtirib olmadi. Buning sababi, birinchidan, himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanishda bo‘lsa, ikkinchidan, xalq tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarini qabul qilganligidadir. O‘zbekistonda COVID-19 bilan oldingi saflarda kurashayotgan tibbiyot xodimlari uchun ham ushbu dori vositalarini yetkazib beramiz”, — deya ta’kidlagan kompaniya prezidenti Syuejun Lin.

Qayd etilishicha, Syuejun Lin sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan muloqot davomida 4 yo‘nalishda an’anaviy xitoy tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarini qo‘llagan holda koronavirus infeksiyasi bilan kurashishni taklif qildi:

Avvalroq O‘zbekistonda Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universitetining filiali ochilishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют