» » Amudaryo tumanida 21 ta sunnat va 12 ta nikoh to‘yi o‘tkazildi (foto)

Amudaryo tumanida 21 ta sunnat va 12 ta nikoh to‘yi o‘tkazildi (foto)


Amudaryo tumanida shu yilning 26-aprelida “Bek” to‘yxonasida 21 nafar bolaning sunnat to‘ylari, 12 juft kelin-kuyovning nikoh to‘ylari o‘tkazildi. Bu haqda “amunews.uz”ga tayanib, xabar beradi “KRuz.uz”.

Dastlab ular tumanning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilib, Xotira maydonidagi yodgorlik poyiga gullar qo‘ydi. So‘ngra ularga jome’ masjidda shar’iy nikoh o‘qildi. To‘y bolalar esa istirohat bog‘i va ko‘chma hayvonot bog‘ini sayr qildi.

Muhtasham to‘yxona oldida kelin-kuyovlar va to‘y bolalarni san’atkorlar karnay-surnay sadolari ostida kutib oldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Yerniyazov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Kasaba uyushmalari tashkilotlari vakillari ularni hayotidagi unutilmas kun bilan samimiy qutladi.

Shundan so‘ng to‘y bolalarga velosipedlar va esdalik sovg‘alari, kelin-kuyovlarga mebellar jamlanmasi sertifikati va nikoh uzuklari sovg‘a qilindi. To‘ybolalar nomiga “Xalq banki”ning tuman bo‘limida ochilgan hisob raqamlarining har biriga 1 million so‘m o‘tkazilgan omonat daftarchalari topshirildi.

Nikoh to‘ylari o‘tayotgan kelin-kuyovlarning ish bilan ta’minlanganlik holati o‘rganib chiqilib, ishsizlari ishga joylashtirildi. So‘ngra tuman FHDYo bo‘limi xodimlari tomonidan 12 juft kelin-kuyovning nikohi qonuniy qayd etilib, nikoh guvohnomalari topshirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют