» » Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha aprel oyidan buyon eng past kunlik ko‘rsatkich qayd etildi

Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha aprel oyidan buyon eng past kunlik ko‘rsatkich qayd etildi


Rossiyada so‘nggi bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha mamlakatning 84 ta hududida 4744 ta yangi holat qayd etildi. Bu aprel oyining oxiridan buyon Rossiyada qayd etilgan eng past kunlik ko‘rsatkich hisoblanadi, deb xabar berdi “Interfaks”.

So‘nggi bir sutka ichida koronavirusdan 2456 nafar bemor tuzalgan, kasallik oqibatida 65 kishi vafot etgan.

Pandemiya boshidan buyon Rossiyada 961 493 kishida koronavirus aniqlangan, 16 448 kishi kasallik qurboniga aylangan, 773 095 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni paytda 171 950 kishi kasallikdan davolanmoqda.

Moskvada bir sutkada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 625 ta yangi holat ro‘yxatga olingan. To‘qqiz kishi kasallik oqibatida vafot etgan, 863 kishi tuzalgan.

Shuningdek, so‘nggi bir sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha Sankt-Peterburg shahrida 182 ta, Moskva viloyatida 148 ta, Rostov viloyatida 131 ta, Stavropol o‘lkasida 129 ta, Sverdlov viloyatida 127 ta, Krasnoyarsk o‘lkasida 115 ta, Nijegorod viloyatida 114 ta, Volgograd o‘lkasida 112 ta holat qayd etilgan. Mamlakatning boshqa hududlarida kunlik ko‘rsatkich 100 ta holatdan oshmagan.

Mavzuga doir: Olimlar Rossiya vaksinasi tufayli COVID-19 mutatsiyaga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют