» » Pompei shahrini ko‘mgan portlash. Vezuviy vulqonining otilishi tarixi

Pompei shahrini ko‘mgan portlash. Vezuviy vulqonining otilishi tarixi


Vezuviy — Italiyaning janubida, Neapoldan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan faol vulqon. Ushbu vulqon Italiyadagi uch faol vulqondan biri, kontinental Yevropada yagona va eng xavfli hisoblanadi. Qariyb 2 ming yil avval ushbu vulqonning otilishi Rimning go‘zal shaharlaridan biri Pompeini yer qa’riga ko‘mgan edi. “Daryo” Vezuviy vulqonining eng yirik portlashlaridan biri haqida hikoya qiladi.

Krateri diametri 750 metr, chuqurligi esa 200 metr bo‘lgan vulqonning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, unda 80 dan ortiq portlash sodir bo‘lgan. Ularning eng yirik va mashhurlaridan biri 79-yil 24-avgustda, ya’ni XIX asr —1941-yil avval sodir bo‘lgan. Vezuviy vulqoni 25 ming yil oldin ikki tektonik plitalarning to‘qnashuvi natijasida paydo bo‘lgan. Eng qadimgi ma’lum portlash izlari miloddan avvalgi 7000-yillar atrofiga to‘g‘ri keladi.

Vezuviyning kuchli otilishi past faollikda yuz berar edi. Ushbu portlashlar natijasi aksar hollarda katta miqdorda kul va gaz chiqarishdan iborat edi, xolos. Portlashlar paytida ko‘pincha vulqon yonbag‘rida o‘simliklar va aholi voqea qurboniga aylangan.

79-yilning 24-avgust tongida allaqachon uyquga ketgan deb ishonilgan vulqonni qora bulut qoplab oladi. To‘satdan osmon larzaga kelib, vulqondan kul parchalari chiqa boshlaydi, kul shu darajaga yetdiki, u quyoshni butunlay to‘sib qo‘ydi va shahar zulmatga cho‘kdi. Ko‘chaga boshni yostiqcha bilan to‘smasdan chiqishning iloji yo‘q edi, chunki osmondan kul bilan birgalikda toshlar ham “yog‘ayotgan edi”.

Ko‘p o‘tmay, vulqondan otilib chiqqan ulkan toshlar, kul va tutun 33 km balandlikka ko‘tarildi. Jarayon issiqlik energiyasining chiqarilishi bilan birga kechdi, bu Xirosimadagi atom bombasi portlashi paytida chiqqandan bir necha baravar yuqori edi. Portlash shu darajada kuchli ediki, undan chiqqan kul hatto Misr va Suriyaga ham yetib bordi. Bunday kuchli portlashlarga eng yaqin tarixdan Bayrut portlashini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Unda port portlashi natijasida sodir bo‘lgan yer silkinishi kuchi Kiprda ham sezildi.

Ushbu tabiiy ofat natijasida vulqon etagida joylashgan qadimgi Rimning Pompei, Gerkulanum va Stabiya shaharlari butunlay vayron bo‘lgan. Qiziq tomoni, qazish ishlari davomida shaharlardagi hamma narsa portlashdan oldingi kabi saqlanib qolganligi ma’lum bo‘ldi.79-yildagi portlashda uch metrga yaqin vulqonli konlar otilib, xuddi yomg‘ir kabi yog‘ib, Pompei shahrini ko‘p metrli qatlami bilan to‘ldirdi. Qoldiq kullarning ostidan ko‘chalar, to‘liq jihozlangan uylar va qochishga ulgurmagan odamlar va hayvonlar topilgan.

Mavjud hisob-kitoblarga ko‘ra, Pompei va Gerkulanumda kulning ko‘pligi va havoni Selsiy bo‘yicha 700 darajagacha ko‘tarib yuborgan gidrotermal piroplastik oqim oqibatida 16 mingga yaqin inson vafot etgan. Rimlik siyosiy arbob va yozuvchi Kichik Pliniy ushbu voqea qatnashchisi hisoblanadi, uning tog‘asi esa qurbon. U vulqon krateri ustida ulkan bulut ko‘tarilgani, kul va toshlar yomg‘iri va sunami keltirib chiqaruvchi zilzila sodir bo‘lganini yozib qoldirgan. Pliniy, shuningdek, bu tabiiy hodisani o‘rganishga shoshilgan amakasining o‘limini shunday tasvirlaydi: dastlab, amakim u yerga buyruq asosida borgan, keyinchalik u qirg‘oq tomon yo‘l oladi va unga qalin tutunlar nafas olishiga qarshilik qiladi...

Vezuviyning 79-yilda otilishini o‘rganish yaqinlashib kelayotgan vulqon otilishini taxmin qilishga imkon berdi. Ushbu vulqonda, shuningdek, 1631, 1794, 1822, 1872 va 1906-yillarda ham kuchli otilishlar kuzatildi. 1631-yildagi portlash kuchi 79-yilgidan 10 barobar kuchsizroq bo‘lgan, lekin yon-atrofda aholi zich joylashgani sababli u ko‘plab qurbon talab qildi — taxminan, 4 ming kishi.

Bugungi maqolamiz qahramoniga aylangan “qotil vulqon” bilan oxirgi tarixiy portlash sodir bo‘lganida 1944-yil edi. Tabiiy ofat 27 kishining yostig‘ini quritgan. Shuningdek, San-Sebastian va Massa shaharlariga zarar yetkazgan. Ushbu voqeaga unchalik ham ko‘p bo‘lmagani sababli, ya’ni yaqin tarixdaligi uchun u haqda yetarlicha ma’lumot mavjud — markaziy kraterdan otilgan lava “favvorasi” 800 metr, otilib chiquvchi ustundan esa vulqondan 9 ming metr balandlikka ko‘tarildi. Ushbu portlashdan so‘ng Vezuviy vulqoni hozirgacha uyquda sanaladi.

Mirjalol Qosimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 109) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют