» » Dilshod Nuraliyev: Agar “Lokomotiv”da qolsam tarkibni 70 foizga o‘zgartiraman

Dilshod Nuraliyev: Agar “Lokomotiv”da qolsam tarkibni 70 foizga o‘zgartiraman


“Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Dilshod Nuraliyev Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida “Paxtakor”dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan (0:7) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yinni hamma ko‘rdi. “Paxtakor” kuchli o‘yin namoyish etdi, bizning jamoamiz ushbu uchrashuvga umuman tayyor emas edi. Yigitlar bilan gaplashdik, ular qo‘lidan kelganicha o‘ynadi. Hozirgi vaqtda “Paxtakor”ga qarshi bundan yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olmaymiz, buni tan olish kerak. Ko‘pchilik biladi jamoa boshqaruvini qo‘limga olganimga ko‘p bo‘lmadi, shu vaqtgacha bir marotaba mashg‘ulot o‘tkazdim, u ham bo‘lsa “Paxtakor” bilan o‘yindan oldin. Jamoamizni yoshartirishga harakat qilmoqdamiz. Chunki, klubni falsafasi shunday. Vaziyatni to‘g‘irlashga harakat qilamiz.

Hozirgi sharoitimizda “Paxtakor” bilan ochiq futbol o‘ynash noto‘g‘ri bo‘lardi. Shu bois ko‘proq himoyaviy taktikani tanladik. Hisob 0:0 bo‘lib turgan paytda ikkita yaxshi vaziyat yaratdik. Birinchi goldan keyin hamma o‘ylagan taktikalarimiz buzildi, gol urishga harakat qilib qarshi hujumlarda o‘tkazib yubordik. “Paxtakor” bilan ochiq o‘ynab bo‘lmasligini futbolchilarga ham tushuntirdik. Ayrim futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarni bajara olmadi.

Men jamoada vaqtinchalik bosh murabbiyman. Barchasini rahbarlar hal qiladi. Agarda keyinchalik ham bosh murabbiy bo‘lib qolsam tarkibni 70 foizini o‘zgartirgan bo‘lardim. Yana qaytaraman barchasi rahbarlarni qo‘lida. Yaxshi bilasiz, “Lokomotiv” o‘rinbosarlarini ham murabbiy edim. Ishonmasangiz o‘rinbosarlarimizni o‘yinini kelib ko‘ring. Mana Yoshlar Ligasidagi o‘yinda ham futbolchilarim hisobda ortda borayotib tenglashtirdi, o‘yindagi o‘zgarishlar samarasini bera boshladi. Asosiy jamoada ham shu uslubni shakllantirishga harakat qilaman. Lekin, buning uchun vaqt kerak. Hammasi mening qo‘limda emas, ertaga rahbarlar boshqa murabbiy olib kelishi hech gap emas.

Qaysi futbolchini olib qolishni yoki qolishini rahbarlarga aytdim. Ular ko‘rib chiqadi. Sharoit yaratib berilsa bir nechta o‘yinchilar olarmiz. Ayrim pozitsiyalarda o‘zgarishlarni amalga oshirish kerak. O‘zim tarbiyalagan futbolchilarni olib kelib o‘ynata olganimda boshqacha bo‘lardi.

Dilshod Nuraliyev, “Lokomotiv” bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi

“Lokomotiv” 12-turdan keyin 12 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Nasaf” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют