» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlovchi testlar narxi borasidagi e’tirozlarga javob berildi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlovchi testlar narxi borasidagi e’tirozlarga javob berildi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva AOKA zalida tashkil etilgan brifingda antitanachalar tahlili yuzasidan berilgan savollarga aniqlik kiritib o‘tgan.

Jumladan, “Koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlovchi test diagnostika nega bunchalik qimmat? Uni ham arzonroq qilishning iloji yo‘qmi?”, degan savolga javoban mutaxassis xususiy klinikalar antitanachalarni aniqlaydigan reaktivlarni o‘zlari sotib olishi sababli narxlarni mustaqil belgilashini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Nurullayeva antitanachalar tahlili nimalardan iboratligi borasida ham tushuncha berib o‘tgan. Unga ko‘ra, infeksion jarayonning kechish fazasi inson organizmida turli muddatlarda ishlab chiqariluvchi IgM va IgG kabi 2 ta sinfga oid antitanalarni aniqlash imkonini beradi.

M (IgM) sinfga oid immunoglobulinlar, taxminan, zararlanish boshlangan kundan yettinchi sutkalariga kelib shakllana boshlaydi, bir haftadan so‘ng eng yuqori darajaga yetadi, ikki hafta davomida esa uning konsentratsiyasi asta-sekin kamayib boradi. Bir vaqtning o‘zida, taxminan, uch haftadan yoki sal avvalroq G (IgG) sinfidagi immunoglobulinlar aniqlanadi. Qonda aynan G sinfiga oid immunoglobulinlarning aniqlanishi infeksiyaning o‘tkazilganligidan dalolat berishi qo‘shimcha qilingan.

Mavzuga doir: Olimlar immunitet hosil bo‘lishi uchun qancha odam koronavirusga chalinishi kerakligini ma’lum qildi

Endigina 2 toifadagi antitanalar ishlab chiqarilish boshlangan bemorlar infeksiyani atrofdagi sog‘lom kishilarga havo-tomchi yo‘li orqali yuqtirish mumkinligi inkor etilmasligi bildirildi. Bunday bemorlar niqob taqishi, qo‘llarni muntazam yuvishi, yuzalarni dezinfeksiya qilishi va jamoat joylarida masofa saqlashi tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shtabning boshqa bir a’zosi Sevara Ubaydullayeva tomonidan koronavirus mutatsiyaga uchrab shtammining o‘zgarishi organizmda kasallikning kechirib o‘tkazilgan turiga nisbatan hosil bo‘lgan immunitet keyingi shtammga nisbatan kamroq bo‘lishi yoki himoyalanmagan bo‘lishi mumkinligi aytilgani, O‘zbekistonda antitana tahlili o‘tkazilib, aholining qancha qismida koronavirusga immunitet borligi aniqlanishi, antitanalarga ega organizmda eng kamida 2-3 oy qayta kasallanish bo‘lmasligi haqida ham xabarlar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют