» » AQShda COVID-19 bemorlariga qon plazmasi quyishga rasman ruxsat berildi

AQShda COVID-19 bemorlariga qon plazmasi quyishga rasman ruxsat berildi


AQShda COVID-19 bemorlari kasallikdan tuzalib chiqqan mijozlar qon plazmasini quyish usuli orqali davolanish huquqiga ega bo‘ldi. Tegishli ruxsat AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) tomonidan berilgan.

“Bugun Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi COVID-19’ni davolashda tuzalgan mijozlar qon plazmasini quyish tajribasidan foydalanishga favqulodda ruxsat berdi”, — deb ta’kidlangan hujjatda.

Mutaxassislar bunday usul samarali bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelgan, shuningdek, uning aniqlangan afzalliklari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy jihatlardan ustun kelgan. Assosiated Press’ning yozishicha, prezident Donald Tramp bu qarorni “katta yutuq” deb atadi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, davolashning bunday usuli muayyan natija bergan, ammo uning samaradorligi hali ham bahsli. Chunki uning nojo‘ya ta’sir etishi ehtimoli, shuningdek, infeksiya o‘tishi xavfi mavjud.

Jons Hopkins’da keltirilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh koronavirusga chalingan va undan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 5,7 milliondan ortiq kishi kasallangan, 176 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda endilikda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun sog‘ayib ketganlarning qon zardobidan antitana maqsadida foydalanilish yo‘lga qo‘yilishi, bu kasallik og‘ir kechayotgan yoki uzoq davom etayotgan bemorlarga virusni tezroq va osonroq yengish uchun qo‘shimcha kurashish manbasi bo‘lib xizmat qilishi haqida xabar berilgan edi.

Bunday davolash usuli Buyuk Britaniya shifokorlarida katta qiziqish uyg‘otgandi. Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning qon zardobidan foydalanishga hozircha ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют