» » Toshkentda “San’at g‘unchalari” XIX respublika tanlovi o‘tkazilmoqda

Toshkentda “San’at g‘unchalari” XIX respublika tanlovi o‘tkazilmoqda


2017-yil 27—29-aprel kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyida damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining “San’at g‘unchalari” XIX respublika tanlovi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Bahodir Qurbonov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur tanlovda an’anaviy tarzda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari hamda Madaniyat vazirligi tasarrufidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseylarning 5—9-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Ushbu tanlov yosh ijrochilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, jahon mumtoz bastakorlarning asarlari, o‘zbek va boshqa xalqlar bastakorlari kuylaridan bahramand bo‘lishi uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘zbek musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko‘tarish hamda o‘zbek milliy san’atini dunyo sahnalariga olib chiqish va iqtidorli yoshlar ijodini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tanlovning hududiy saralash bosqichlari joriy yilning 18—19-aprel kunlari respublikaning barcha hududlarida yuqori saviyada o‘tkazilib, unda jami 360 nafar yosh ise’dod sohibi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 137 nafari Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

“San’at g‘unchalari” XIX respublika tanlovida ishtirok etayotgan ijodkorlar yoshga ko‘ra kichik (11—13 yosh) va katta (14—15 yosh) guruhlarga bo‘linadi hamda qo‘yidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etadi.

Kichik guruhda o‘nta: fleyta, gaboy, klarnet, saksafon (alt), fagot, truba, valtorna, tenor-bariton, tuba, zarbli cholg‘u.

Katta guruhda 11 ta: fleyta, gaboy, klarnet, fagot, saksafon (alt), saksafon (tenor), truba, valtorna, trombon, tuba, zarbli cholg‘u.

Tanlovning tantanali ochilish marosimi 2017-yil 27-aprel kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tdi. Yopilishi va gala konsert 29-aprel kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют