» » UFC 5-sentabrda navbatdagi musobaqasini o‘tkazadi. Asosiy jang ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

UFC 5-sentabrda navbatdagi musobaqasini o‘tkazadi. Asosiy jang ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi


Og‘ir vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchilari Alistar Overim va Augusto Sakai 5-sentabr kuni Las-Vegasda (AQSh) bo‘lib o‘tadigan musobaqada o‘zaro jang qiladi. Bu haqda UFC matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur jang UFC kechasining asosiy voqeasiga aylanadi.

Overim so‘nggi jangini may oyida o‘tkazib va unda Uolt Harrisdan ustun kelgandi, Sakai esa ketma-ket to‘rt jangdan buyon g‘alabali seriya qayd etmoqda.

Overim MMA’dagi faoliyati mobaynida 65 ta jang o‘tkazib, 46 g‘alaba (41 muddatidan avval) qayd etgan va 18 marta mag‘lubiyatga uchragan. Yana bitta jang natijasi bekor qilingan. Sakai esa 17 jangda 15 g‘alaba, bir mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют