» » O‘zbekistonda barcha umumta’lim maktablari 14-sentabrdan ochilishi mumkin

O‘zbekistonda barcha umumta’lim maktablari 14-sentabrdan ochilishi mumkin


24-avgust kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Xalq ta’limi tizimiga doir videoselektor o‘tkazildi. Bu haqda bloger Isroil Tillaboyev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, videoselektorda respublikadagi maktablarni ochish bo‘yicha bir qator masalalar ko‘rib chiqilgan. Xususan, O‘zbekistonda 7-sentabrdan epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan ayrim hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi. 14-sentabrdan esa barcha hududlardagi maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi. Maktablar ochilgach, o‘quvchilar “Sinf rejimi” tartibida o‘qishadi. Ya’ni xonama-xona ko‘chib yurmaydi. Barcha o‘qituvchilar koronavirusga test topshiradi, keyinroq virusga qarshi vaksina qilinadi.

Shuningdek, barcha maktablarda izolyatsiya xonalari tashkil qilinadi, maktablarning birontasida burjuyka pechkalar qolmaydi.

Yotoqda qoladigan o‘quvchilar (IDUMI) oziq-ovqatlari, albatta, SES nazorati ostida bo‘ladi.

“Kun.uz”ning yozishicha, shu kuni Samarqand viloyatida epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda nutq so‘zlagan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ta’lim muassasalari rahbariga murojaat qilib, sentabr oyining ikkinchi yarmida maktablarda ta’lim jarayonini boshlash ishlari o‘rganilayotgani haqida gapirgan va mabodo ta’lim jarayonlari boshlanadigan bo‘lsa, viloyatdagi barcha maktablarda sanitariya qoidalariga mos jihozlarni tayyorlab qo‘yish lozimligini aytgan.

Ma’lumot uchun, maktablarning qachon ochilishi haqida Respublika maxsus komissiyasi ham, Xalq ta’limi vazirligi ham rasman axborot bergani yo‘q.

Mavzuga doir: Maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 1—4 va 11-sinflar 2-sentabrdan, 3—7 va 9-sinflar 20-oktabrdan, 5—8 va 10-sinflar 5-noyabrdan maktabga borishi haqida aytilgan bo‘lsa, yana birida 10-sentabrgacha maktablar ochilishiga ko‘rsatma berilgani haqida xabar tarqalgan, Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova buni rad etgan, vazirlik 2020/2021-o‘quv yili uchun 3 ta ssenariy ustida ishlayotganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют