» » Vadim Abramov: Doimgidek 0:2 hisobidan keyin “uyg‘ondik”

Vadim Abramov: Doimgidek 0:2 hisobidan keyin “uyg‘ondik”


“Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida “Nasaf”ga qarshi kechgan o‘yindan (2:2) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Menimcha bu natija o‘yinga mos bo‘ldi. Agar biz birinchi hisobni ochganimizda boshqacha o‘yin bo‘lishi mumkin edi. 0:2 hisobida yutqazib turib durangga erishsang baribir qoniqish hosil qilasan. Yigitlarga rahmat aytaman, qiyin vaziyatda ikkita gol urdi. Ikkala jamoa yomon o‘ynamadi deb o‘ylayman.

Doimgidek 0:2 dan keyin “uyg‘ondik”. Nima uchun birinchi bo‘limda yomon o‘ynadik? Balki, bu chempionat qayta boshlanganidan keyin “Nasaf”ga nisbatan bitta o‘yin ko‘proq o‘tkazganimiz bilan bog‘liqdir.

O‘yin 30 daqiqa kech boshlangani futbolchilarga qanday ta’sir qildi? Birinchi bo‘limda yomon o‘ynaganimizning sababi ham shu bo‘lsa kerak.

Lutfulla To‘rayev diskvalifikatsiya tufayli o‘ynamadi, uning yo‘qligi, albatta, sezildi. Uning o‘rnida harakat qilgan Abdulla Abdullayev mas’uliyatni o‘ziga olishdan qo‘rqmoqda. Lekin bu narsa tajriba oshgani sari keladi.

Vadim Abramov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

“Bunyodkor” 12-turdan keyin 22 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turga “Qizilqum”ga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют