» » Jizzaxda tibbiyot xodimi kaltaklandi

Jizzaxda tibbiyot xodimi kaltaklandi


Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumani tez tibbiy yordam bo‘limi navbatchi feldsheri E.I. qattiq kaltaklanganiga oid xabarlar tarqaldi, deb yozmoqda “Xabar.uz”

Unga ko‘ra, 2020-yilning 23-avgust kuni TTYo navbatchi feldsheri E.I. soat 12:06 da tez yordam chaqiruviga boradi. Chaqirilgan xonadondagi bemorning ahvoli og‘irligi, zudlikda kasalxonaga yotqizish shartligi haqida ogohlantirishiga qaramay, bemor yaqinlari buni rad etadi.

Oradan biroz o‘tib, soat 13:45 da yana o‘sha xonadondan chaqiriq bo‘ladi. Chaqiriqqa borganda esa bemorda biologik o‘lim qayd etiladi. Bundan g‘azabga mingan bemor yaqinlaridan biri navbatchi feldsher E.I.ni hali o‘rnidan turmasidan orqa tomondan uning bo‘yin qismiga tepib yiqitadi va kaltaklaydi.

Tibbiyot xodimi qay darajada jarohat olgani hozircha noma’lum. Mazkur xabar tarqalishi ortidan voqelikka oydinlik kiritish maqsadida “Xabar.uz” Bosh prokuratura bilan bog‘langan. Mahkama matbuot xizmati holat bo‘yicha o‘rganish boshlab yuborilgani, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishini bildirgan.

Avvalroq Farg‘onada tez yordam xodimlarini kaltaklagan shaxs qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют