» » Kulgi ortiga yashirilgan dard: Taniqli komik aktyorlar hayotidagi qiyinchiliklar

Kulgi ortiga yashirilgan dard: Taniqli komik aktyorlar hayotidagi qiyinchiliklar


Quyidagi aktyorlar filmlarda insonlar kayfiyatini kotaradigan komik rol ijro qilgan va muxlislar yodida shunday obrazda qolgan. Shunga qaramay, hayotida oziga yarasha qiyinchilik bolgan aktyorlarni dramatik ijrolarini tomosha qilib, ularning ochilmagan qirrasini kashf qilish mumkin.

Jona Xill (36 yosh)

Toladan kelgani bilan ajralib turadigan aktyor, asosan, komik rollarni ijro qilgan. Jonaning vaznidagi ortiqcha kilolar karyerasiga xalaqit qilmagan, lekin salomatligi bilan bogliq jiddiy muammolar kuzatilgan. Shundan keyin aktyor ratsionini ozgartirgan va sport bilan shugullana boshlagan va natijada 2017-yilda 30 kilogramm tashlashga muvaffaq bolgan. Shundan keyin Jona dramatik rollarni ijro qila boshlagan. Haqiqiy hikoya, Hammasini ozgartirgan inson filmlaridagi roli shular jumlasidan. Gasa Van Sentaning Xavotir olma, u uzoqqa ketmaydi kartinasida Xill odamlarga spirtli ichimlikka qaramlikdan qutulishga yordam beradigan kuchli qahramonni jonlantirgan.

Jek Blek (50 yosh)

Rok maktabida quvnoq rol oynagan, Kung-fu panda multfilmida pandaga ovoz bergan aktyor ismi quvnoqlikning sinonimiga oxshaydi. Xavotir olma, u uzoqqa ketmaydi filmida aktyor komik ijrosidan butkul uzoqlashmagan. Lekin film songidagi sahnalardan birida komik qahramonning dramatik tomonini kashf qilish mumkin boladi. 2016-yilda internetda aktyor olimi haqida tarqalgan yolgon axborot esa uning muxlislari uchun haqiqiy shok bolgan. Aktyor hazilkash bolishiga qaramay, ozining olimi haqidagi malumot uni qanchalik yomon ahvolga solganini tasavvur qilish qiyin.

Robin Uilyams (1951-2014)

Karyerasini stendapdan boshlagan komik aktyor Popay filmidagi rolidan keyin mashhurlikka erishgan. Ammo Orzular qayerga yetaklar va Aqlli Uill Xanting dramalari aktyorning jiddiy rollarni ham qoyillatishini isbotlagan. U 80-yillarda illyustrator Jon Kallaxanning memuarlarini sotib olgan va unda rol ijro qilishni istagan, lekin loyiha taqdim qilinmagan. Robin 2014-yilda hayotdan koz yumgan. U bir necha yillar davomida depressiyada bolgan va bu alkogolga qaramlikni keltirib chiqargan. Kop ichish oqibati esa Parkinson kasalligiga olib kelgan.

Jim Kerri (58 yosh)

Niqob, Ahmoq va ahmoqroq, Kabelchi, Yolgonchi-yolgonchi va boshqa bir qancha filmlardagi komik rollari bilan yaxshi tanish bolgan Kerri arsenalida tushkunlikka tushgan mayus qahramonlar ijrosi ham bor. Qiyinchilikda kechgan bolalik, oqish bilan bogliq muammolar, onasining otasi ishsizligidan asabiy tushkunlikka tushganini korib ulgaygan Kerriga tanish his-tuygu ruhiy holatni Truman shousi, Oydagi odam filmlaridagi ijroda his qilish mumkin. Falokat keltiradigan raqam 23 psixologik trillerida esa u kitobdagi sujetni va oz hayotidan ajrata olmaydigan aqldan ozgan inson rolini oynagan. 2015-yilda aktyorning sobiq sevgilisi Katriona Uayt oz joniga qasd qilgan va uning yonidan Kerri taxallusi yozilgan tabletkalar hamda olimidan avval aktyor bilan ayrilgani yozilgan video topilgan. Qizning oila azolari uning olimida Kerrini ayblagan, ushbu fojiadan aktyor qizning ularidan kam tushkunlikka tushmagan.

Ouen Uilson (51 yosh)

Ota-ona bilan tanishuv, Chaqirilmagan mehmon, Muzeydagi tun filmlarida komik rol ijro qilgan aktyor Mojiza filmida dramatik qahramonni gavdalantirgan. Ushbu filmda u yuzida jiddiy muammo bilan tugilgan va 10 yil ichida 27 marta operatsiya qilingan bolaning otasi rolini ijro qilgan.

Bill Myurrey (69 yosh)

Arvoh ovlovchilar komediyasidagi ijrosidan keyin tanilgan aktyor bugungi kunda rejissor Ues Andersonning eng sevimli aktyorlaridan biri. Tarjima qiyinchiliklari filmidan xulosa chiqarilsa, aktyor mashhurlikdan charchagan inson bolib korinishi mumkin. Mazkur ijro aktyorga Oltin globus mukofotiga egalik qilishi hamda Oskarga nomzodi qoyilishiga sababchi bolgan.

Aleksey Smirnov

Leonid Gaydayning I operatsiyasi filmidagi komik roli bilan yaxshi tanish bolgan aktyor Leonid Bikovning Keksalargina jangga kiradi filmida dramatik mahoratini namoyon qilgan. Ushbu filmda Smirnov rol ijro qilmagan, unda yashagan. Aktyorning farzandi bolmagan, lekin doim bolali bolishni orzu qilgan. 7 yil davomida Smirnov Vanya ismli nogiron bolakayni bolalar uyidan asrab olishga uringan, lekin ruxsat berilmagan. Spirtli ichimliklarga haddan tashqari qaram bolib qolgan aktyor 59 yoshida yurak xurujidan vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (25-08-2020, 11:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
:
-
:
20 ... -