» » Intellektual transport tarmoqlari bo‘lmasa, “aqlli shaharlar”ning imkoniyatlari amalga oshirilmay qoladi

Intellektual transport tarmoqlari bo‘lmasa, “aqlli shaharlar”ning imkoniyatlari amalga oshirilmay qoladi


Huawei’ning Tadbirkorlar guruhi vakili, jahon sanoati sohasida ilmiy tadqiqotchi Xong Eng Kox.

Fuqarolar va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun shaharlar yo‘llarni boshqarish bo‘yicha intellektual qarorlarni tatbiq etishlari kerak, deydi “Huawei” vakili Xong Eng Kox.

Texnologiyalar hayotimizni keskin ravishda o‘zgartirib bormoqda. Shunday bo‘lsa-da, oddiy harakatlanish yo‘li shaharlarimizdagi bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilishda davom etmoqda. Yo‘llar asrlar davomida insonlarda uddaburonlik va tadbirkorlikni ta‘minlab, yuzlab yillar oldin bo‘lgani kabi bugungi kunda ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shahar qanchalik aqlli bo‘lmasin, yo‘l tarmog‘i samarasiz bo‘lsa, uning barcha tarkibiy qismlari to‘liq foydalanilishi mumkin bo‘lmaydi. Osiyoning Jakarta yoki Bangkok kabi tez rivojlanayotgan shaharlarida, Lotin Amerikasining Bogota yoki Rio-de-Janeyro yoki avtomobillar harakatlanishi uchun o‘ta noqulay bo‘lgan Yevropaning deylik, Parij yoki Rimida bo‘lsin, shahar aholisi tirbandliklar tufayli har yili ishlab chiqarishda ulkan yo‘qotishlarni boshdan kechirmoqda.

Ushbu muammolarni hal qilish, hatto “aqlli shahar” texnologiyasi paydo bo‘lishi bilan ham oson kechmaydi. Raqamli yo‘l tarmog‘i ma‘lumotlarini to‘plashni tashkil qilish ham oson jarayon emas. Harakatlanuvchi qismlarning katta (tom ma‘noda) hajmi juda katta miqdordagi ma‘lumotlarni vujudga keltirib, dasturiy va apparat ta‘minotiga bo‘lgan bosimning oshishiga olib keladi. Shuning barobarida, shahar miqyosida transport harakatini samarali boshqarish va baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishdan tortib, yo‘l harakati qoidabuzarliklarini oldini olish bilan bog‘liq yechilishi zarur bo‘lgan ko‘plab masalalar yuzaga keladi.

“Huawei”da yo‘l harakatini boshqarishda mavjud bo‘lgan uch bosqichli yondashuv transportning yana-da tartibli harakatlanishini ta‘minlaydi; “Sharp Eyes” (O‘tkir ko‘zli) muammolarni aniqlaydi, “Powerful Brain” (Kuchli miya) ma‘lumotlarni tahlil qiladi va “Simplified Operations and Management” (Soddalashtirilgan ekspluatatsiya va boshqarish) yo‘l tarmog‘ining beto‘xtov ishlashini ta‘minlaydi. Bizning intellektual boshqaruv yechimimiz barcha takliflarni birlashtirgan holda, dunyoning ko‘plab shaharlarida muvaffaqiyatli tatbiq etilib kelinmoqda.

Yo‘l harakati qoidalarining buzilishini aniqlash

Bizning “Sharp Eyes” tizimimiz har bir chorrahani transport harakatlanishi va yo‘l harakati qoidalarining buzilishini nazorat qiluvchi nazorat-o‘tkazish punktiga aylantirishi mumkin. Bizning dasturiy ta‘minotimiz tomonidan boshqariladigan kameralar 20 dan ortiq algoritmlarni qo‘llab-quvvatlaydi va favqulodda harakatlanish yo‘llarining kesib o‘tilishidan tortib, qizil chiroqlarga o‘tib ketish kabi yo‘l harakati qoidalarining buzilishini aniqlash uchun dasturlashtirilgan.

Uzoqdan aniqlanish to‘g‘riligi 95 % dan oshadi, baxtsiz hodisalarni aniqlash sakkiz soniya ichida har qanday ob-havoda hamda quyi va ko‘zni qamashtiruvchi yorug‘lik sharoitida ham 200 metrgacha kuzatib borish imkoniyati bilan amalga oshiriladi. Yigirmata TOPS hisoblash quvvatlari talab etilgan holatlarda tasvir sifatini optimallashtiradi.

“Sharp Eyes” avtonom tizim sifatida ham mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarni kuzatib borish va ularni tahlil qilish, zarur bo‘lgan holatlarda jarimalarni hisobga yozish orqali yo‘l harakati qoidalariga amal qilinishi borasida shaharga yordam berishi mumkin.

Transport vositalarini tekshirish va boshqarishni ta‘minlovchi intellektual tahlil

Kuchli intellektual funksionalimiz tegishli qidiruvdagi transport vositalarini topish uchun katta hajmdagi ma‘lumotlarni tahlil qilish vositalaridan foydalanadi, shu orqali yuz millionlab ma‘lumot yozuvlari orasida zarur ma‘lumotni bir necha soniyada aniqlashga imkon beradi. Foydalanuvchilar tobora murakkab yechimlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratuvchi xizmatning ko‘p algoritmli ma‘lumotlarni saqlash omborxonasi orqali 100 dan ortiq algoritmlardan erkin foydalanishlari mumkin.

U politsiyaga xavfsizlikni ta‘minlash tizimi sifatida xizmat ko‘rsatishi mumkin va shu bilan qoidabuzarliklarni uzoqdan kuzatib borish uchun tasvirlarni takroriy tahlildan o‘tkazishni taklif qiladi. Bu politsiyaning transport vositalari bilan bog‘liq jinoyatchilikka qarshi kurashi va uni oldini olishidagi faoliyati samarasini yana-da oshirib, jinoyatchilikning boshqa turlarini nazorat qilishiga imkon yaratadi.

“Oddiy yo‘l shaharlarimizda bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib qolmoqda”

Yechimning funktsional imkoniyatlari trafikni boshqarishga ham tegishli bo‘lib, bunda dasturiy ta‘minot istalgan vaqtda barcha joylarda trafikni kuzatishi mumkin bo‘ladi. Batafsil tekshirish darajasi va yechim davomidagi minimal kechikishlar chorrahalardagi transport yukini kamaytirish uchun tirbandliklar haqida tezkor ma‘lumot berish va svetoforlarni boshqarish imkoniyatini beradi.

Operatsiyalarni soddalashtirish orqali yo‘l harakatini boshqarish

Ma‘lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash funktsiyalari tez moslashuvchan kengayish hisobiga tadqiq etilgan konstruktsiyalar doirasida joylashtiriladi. Yechim “Huawei” tomonidan maxsus ishlab chiqilgan “PowerCube 500” texnologiyasi asosida ishlaydi, bu esa joylarda kabel o‘tkazilishini talab qilmaydi.

“Huawei”ning eSight ekspluatatsiya qilish va boshqarish texnologiyasi shaharlarda 200 000 dan ortiq moslamalarni boshqarish, maydonni rejalashtirish intellektual vositasi kengayish samaradorligini 30 foizga oshirish imkonini yaratadi.

Oson yashang, oson harakatlaning

Yo‘llar asrlar davomida savdo-sotiq, sarmoyalar va jamiyatlarimizning tirgagi bo‘lib xizmat qilgan, harakatlanishlarimiz bilan bog‘liq innovatsiyalarning oqibatlarini yengishga qodir darajada pishiq va mustahkam bo‘lgan. Aholi sonining o‘sishi va shaharlarning jozibasi shuni anglatadiki, yo‘l tarmoqlari sog‘lom jamiyat uchun tobora hayotiy muhim bo‘lib qolmoqda.

Biroq, buning uchun odamlar va transport vositalarining xavfsiz va samarali oqimini ta‘minlaydigan moslashuvchan, xavfsiz va intellektual infratuzilma talab etiladi. U shuning bilan birga, kutilmagan hodisalarga javob qaytara olishi uchun yetarli darajada mustahkam bo‘lishi ham zarur. Covid-19 transport aloqalarini har qanday kutilmagan o‘zgarishlarga moslashtirish zarur ekanligini tasdiqladi.

“Huawei” kompaniyasining yo‘l harakatini intellektual boshqarish bo‘yicha yechimi shaharlarda transport boshqarilishini osonlashtiradi. Bu esa shaharlar diqqat-e‘tiborlarini boshqa muammolarga va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratishi uchun erkinlik va resurslarga ega bo‘lishiga zamin yaratadi. Intellektual yo‘llar tarmog‘i “aqlli shahar”da yashovchi aholining farovonligi va samaradorligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bir necha asrlar ilgarigi haqiqat hali-hanuz o‘z ta‘sir kuchiga ega bo‘lib qolmoqda.

Manba: https://www.smartcitiesworld.net/opinions/

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют