» » Mark Sukerberg TikTok’ning AQSh hududida taqiqlanishiga oid qarorga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin

Mark Sukerberg TikTok’ning AQSh hududida taqiqlanishiga oid qarorga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin


Facebook asoschisi Mark Sukerberg Oq uyning AQSh fuqarolariga TikTok’ka egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi bilan bitim imzolashni taqiqlovchi qaroriga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sukerberg 2019-yilning oktabrida Oy uydagi kechki ovqat vaqtida AQSh prezidenti Donald Trampga Xitoy texnologik kompaniyalarining o‘sib ketishi Amerika biznesiga xavf tug‘dirishi haqida gapirgan. O‘shanda Sukerberg Xitoy kompaniyalari hukumat uchun Facebook’dan ko‘ra kattaroq muammo ekanligini aytib o‘tgan.

WSJ’ning yozishicha, 2019-yilning noyabrida Jorjtaun universiteti talabalari qarshisida chiqish qilgan Sukerberg TikTok Facebook’ning so‘z erkinligi bo‘yicha majburiyatlarini bo‘lishmasligi hamda AQSh qadriyatlari va texnologik ustunligiga tahdid solishini ma’lum qilgan. Shuningdek, Sukerberg amerikalik amaldorlar va kongressmenlar bilan muloqoti vaqtida ham TikTok haqida gapirgan.

Oq uy qoshidagi Savdo bo‘yicha milliy kengash rahbari Piter Navarroning so‘zlariga ko‘ra, Sukerbergda TikTok masalasiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati yo‘q va WSJ’ning maqolasi ishonchli emas. Facebook vakili esa o‘z navbatida Sukerberg hech qachon TikTok’ga qarshi chiqish qilmaganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust boshlarida prezident Tramp TikTok’ni AQSh hududida taqiqlamoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi. Microsoft TikTok’ni to‘liq sotib olish uchun ByteDance bilan muzokaralar olib borayotgan edi, lekin Trampning mamlakatda bu tarmoqni taqiqlash niyatida ekanidan so‘ng muzokaralar vaqtincha to‘xtatildi.

Mavzuga doir: Tramp AQSh kompaniyalaridan TikTok’ni sentabr o‘rtalarigacha sotib olishni talab qilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют